Turkiyaning zilzila sodir bolgan viloyatlaridan videolavha

Bugun ertalab Turkiya janubi-sharqida 7,7 magnitudali zilzila yuz berdi.
Zilzila episentri Qahramonmarash viloyatining Pazardjik tumanida, 7 kilometr chuqurlikda joylashgan. Hatay, Gaziantep, Kilis, Osmaniya, Malatya, Adiyaman, Shanliurfa, Diyorbekir, Adana va Qahramanmarash viloyatlarida jiddiy vayronagarchiliklar kuzatilmoqda.
Hozirgacha zilzila qurbonlari soni 1121 kishiga yetgan, 7634 kishi jabrlangan, 2834 ta bino vayron bo‘lgan.
Aniq.uz cayti o‘quvchilari e’tiboriga zilziladan jabr ko‘rgan viloyatlardan olingan eksklyuziv videolavhalarni taqdim etadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)