Turkiyaning Suriyaga bergan zarbalari oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

Turkiyaning Suriyaga bergan zarbalari oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

Turkiya harbiy-havo kuchlarining Suriya shimolidagi zarbalari natijasida kamida 11 kishi, jumladan hukumat askarlari halok bo‘ldi. Bu haqda Suriya inson huquqlari observatoriyasi xabar berdi.

Havo hujumlari Turkiya kuchlari va Suriya Demokratik kuchlariga qarashli kurd guruhlari o‘rtasidagi tungi to‘qnashuv ortidan amalga oshirilgan. Ular Suriyaning Turkiya bilan chegaradosh Kobani shahri yaqinida bo‘lib o‘tdi, u yerda AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan kurd guruhlari hamda Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan qurolli guruhlar uzoq vaqtdan beri bir-biriga qarama-qarshi bo‘lib kelgan.

Turkiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, keskinlashuv doirasida kurd kuchlari Turkiya hududiga hujum uyushtirdi, natijada bir askar halok bo‘ldi.

O‘z navbatida, Suriya davlat matbuoti zarbalar natijasida Suriya armiyasining uch askari halok bo‘lgani va yana olti nafari yaralangani haqida xabar berdi.

Suriya qurolli kuchlari hujumga javob berib, turk armiyasi va Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan muxolifat guruhlari pozisiyalariga zarba berdi, deb xabar beradi AlJazeera.

«Qurolli kuchlarimiz tomonidan boshqariladigan harbiy postga qilingan har qanday hujum barcha jabhalarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri va zudlik bilan javob qaytariladi», - deya ma’lum qildi Suriyaning SANA axborot agentligi.

Suriya Demokratik kuchlari (SDK) AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan harbiy ittifoq bo‘lib, uning asosiy yadrosi kurd YPG jangarilaridan iborat. Turkiya ularni bir qancha davlatlar, jumladan Qozog‘iston, Turkiya, AQSh va Yevropa Ittifoqida terrorchi guruh sifatida tan olingan Kurdiston ishchilar partiyasi Suriyadagi bo‘limi deb biladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!