Turkiyadagi yong‘inlarda O‘zbekiston fuqarolari ham jarohat oldimi yoki o‘ldimi?

Turkiyadagi yong‘inlarda O‘zbekiston fuqarolari ham jarohat oldimi yoki o‘ldimi?

Turkiyaning kurort zonalari yaqinida o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda. O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, vaziyat nazorat ostida va o‘lganlar hamda jarohat olganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q.

Avvalroq, bugun Turkiyadagi kurort mintaqalarida uchta yangi o‘rmon yong‘inlari qayd etilgani haqida xabar berilgandi.

28 iyul kuni Antaliyada qattiq o‘rmon yong‘inlari boshlandi. Kuchli shamol va issiq havo tufayli alanga tezda keng maydonga tarqaldi. Natijada uch kishi halok bo‘ldi, 122 kishi jarohat oldi.

Keyinchalik, yong‘inlar mamlakatning boshqa janubiy viloyatlariga (Adana, Mersin, Usmoniya, Kayseri, Mugla) tarqaldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!