Turkiyada jaziramadan asfaltlar erib ketmoqda

Turkiyada jaziramadan asfaltlar erib ketmoqda

Ayni paytda mamlakat haddan tashqari jaziramadan aziyat chekmoqda. Bodrum shahrida havo harorati 40 darajadan oshdi, bu esa asfaltning erib ketishiga olib keldi.

“Bodrumning ayrim hududlarida eng yuqori harorat 44 darajaga yetdi. Issiq havo tufayli Qumko‘y, pınarlibelen va Etrim qishloqlarida asfalt erishi kuzatildi”, — deyiladi mahalliy nashr xabarlarida.

Erigan asfalt qishloq aholisi va ushbu yo‘llarda harakatlanayotgan haydovchilarga qiyinchilik tug‘dirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!