Turkiya Tojikistonga o‘zidan dron sotib olishi uchun 1,5 mln dollar beradi

Turkiya Tojikistonga o‘zidan dron sotib olishi uchun 1,5 mln dollar beradi

Turkiya Tojikistonga uchuvchisiz samolyotlar sotib olish uchun 1,5 million dollar va harbiy tayyorgarlik uchun 62 ming dollar ajratadi. Bu haqda "Asia-Plus" nashri xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Tojikiston parlamenti Turkiya bilan ikki muhim harbiy shartnoma imzolagan – ular ushbu davlat mablag‘lari hisobidan qurol-yarog‘, jumladan, uchuvchisiz uchoqlar sotib oladi hamda tojik askarlari turk harbiy o‘quv markazlarida o‘qitiladi. Tojikiston parlamenti a’zolari 11 aprel kuni ushbu ikki kelishuvni ma’qullagan.

Tojikiston Turkiyadan "Bayraktar"larni sotib oladimi?

Ikki davlat o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlik to‘g‘risidagi birinchi kelishuv 2023 yil 26 iyul kuni Istanbul shahrida imzolangan edi.

Tojikiston Mudofaa vaziri Sherali Mirzo bu kelishuvni delegatlarga tushuntirar ekan, Turkiya hukumati 50 million turk lirasi (1,5 million dollar) ajratishini, ushbu mablag‘ bilan Tojikiston Turkiyadan "qurol va o‘q-dorilar, uchuvchisiz uchish apparatlari va zamonaviy qurilmalar" sotib olishi mumkinligini aytgan.

Ajratilgan mablag‘lar ikki tomonlama harbiy-texnik hamkorlik doirasida turk kompaniyalari tovarlarini xarid qilish va xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirishga yo‘naltirilishi aytilmoqda.

"Bitimning amalga oshirilishi Turkiya bilan harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirishga, shu jumladan, ushbu mamlakat mudofaa sanoati kompaniyalari va korxonalari bilan harbiy qurollar, uchuvchisiz samolyotlar va boshqalarni sotib olishga xizmat qiladi", deya qo‘shimcha qilgan Sherali Mirzo.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu kelishuvning ma’qullanishi zamonaviy tahdidlarning kuchayishi fonida muhim ahamiyatga ega.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!