Turkiya shaharlarida muxolif siyosatchi Ekrem Imomo‘g‘luning hibsga olinishiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

Istanbul viloyati gubernatorining keyingi to‘rt kun ichida ko‘chalarda turli aksiya o‘tkazishni taqiqlash to‘g‘risidagi buyrug‘i va shahar bo‘ylab ko‘p sonli polisiyachilar joylashtirilgani norozilik namoyishlarini to‘xtata olmadi.
Polisiya meriya binosini o‘rab olgan, bundan tashqari, yo‘llarning bir qismi va shahar markazidagi Taqsim maydoni to‘sib qo‘yilgan. Namoyishchilar shahar hokimiyati, Imomo‘g‘li saqlanayotgan polisiya bo‘limi, Istanbul universiteti va boshqa hududlarda to‘plangan.
"Sodir bo‘lgan ish – to‘ntarishga urinish. Ekrem Imamog‘luning prezidentlikka nomzod bo‘lish erkinligi tortib olinyapti, Turkiya millatining uni saylash erkinligi tortib olinmoqda", – dedi Respublika xalq partiyasi (CHP) yetakchisi O‘zgur O‘zel meriya binosi oldida yig‘ilgan namoyishchilar oldida so‘zlagan nutqida.
Ekrem Imamo‘g‘luning rafiqasi Dilek Emamo‘g‘lu uning hibsga olinishini "Turkiyaning bo‘lajak prezidentini yo‘q qilishga qaratilgan maqsadli siyosiy amaliyot" deb atadi.