Turkiya Rossiya bilan urushmaydi - Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Turkiya Rossiya bilan urushmaydi - Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘z lavozimida ekan, mamlakat Rossiya bilan urushga tortilmasligini aytdi. Erdo‘g‘anga ko‘ra, agar uning partiyasining o‘tgan ikki yildagi sa’y-harakatlari bo‘lmaganida, G‘arb mamlakatni Rossiya bilan urushga tortgan bo‘lardi.

Turkiya rahbari mamlakat hali ham Rossiya va Ukraina o‘rtasida vositachi bo‘lib qolishini ta’kidladi. “Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi vaziyat jiddiy va hal qiluvchi vositachilik bilan yakunlanadi, deb umid qilaman”, dedi u A Haber nashriga bergan intervyusida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!