Turkiya qirg‘oqlarida o‘nlab noqonuniy muhojirlar qutqarib olindi

Turkiya qirg‘oqlarida o‘nlab noqonuniy muhojirlar qutqarib olindi

Turkiya qirg‘oq qo‘riqlash kuchlari Turkiyaning g‘arbiy Izmir viloyatining Dikili va Chesme tumanlari qirg‘oqlari yaqinida Egey dengizida 69 nafar noqonuniy muhojirni qutqardi. Bu haqda qirg‘oq qo‘riqlash qo‘mondonligi bayonotida aytiladi.

Turkiya qirg‘oq qo‘riqlash qo‘mondonligi dvigateli nosozlik tufayli bortida bir guruh qochqinlar bo‘lgan rezina qayiqning Dikili qirg‘oqlaridan suzib ketayotgani haqida signal oldi.

Tegishli ma’lumotlar olinganidan so‘ng, voqea joyiga Turkiya qirg‘oq xavfsizligi qayiqlari yuborildi.

Operasiya natijasida 45 kishi, jumladan 20 nafar voyaga yetmaganlar qutqarib olindi.

Chesme qirg‘og‘ida rezina qayiqdagi yana 24 nafar boshpana izlovchi, jumladan besh nafar bola qutqarib olindi. Muhojirlar Gresiya chegarachilari tomonidan Turkiya hududiy suvlariga qaytarishga majburlangan.

Tegishli tartib-qoidalar bajarilgach, migrantlar mahalliy migrasiya bo‘limiga olib ketiladi.

Shuningdek, Urla tumani (Izmir) qirg‘oqlarida 92 nafar noqonuniy muhojir qo‘lga olingani xabar qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!