Turkiy respublikalar axborot agentliklarining yagona markazi tashkil etiladi

Turkiy respublikalar axborot agentliklarining yagona markazi tashkil etiladi

Anadolu agentligi direktorlar kengashi raisi va bosh direktori Serdar Karagyoz Turk Davlatlari Tashkiloti (TDT) Aloqa departamenti tomonidan tashkil etilgan OAV va axborot uchun mas’ul vazirlar va yuqori mansabdor shaxslarning 4-yig‘ilishiga baho berdi.

Yig‘ilishda Serdar Karagyoz turkiy axborot agentliklari o‘rtasida ittifoq tuzish muhimligini ta’kidladi.

“Anadolu agentligining eng muhim vazifalaridan biri turkiy respublikalar axborot agentliklari uchun yagona markaz tashkil etishdir. Yaqin kelajakda biz buni Istanbulda joylashgan institusional birlashmaga aylantiramiz.

Shunday qilib, turkiy dunyo mazmuni – yangiliklar, foto va videolar almashinuvini ta’minlaymiz. Umumiy ma’lumotlar bazasi yaratiladi. Anadolu turkiy dunyoda axborot agentliklarining salohiyatini oshirish uchun dasturlar tayyorlaydi. Agentlik, shuningdek, Yevropa axborot agentliklari assosiasiyasining asoschilaridan biri hisoblanadi. Anadolu agentligi Turkiy tillar axborot agentliklari ittifoqini amalga oshirishda yetakchi rol o‘ynaydi”, — dedi Serdar Karagyoz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!