Turar joyni ijaraga olgan ayrim harbiylarga kompensasiya oshirilgan holda to‘lanadi

Turar joyni ijaraga olgan ayrim harbiylarga kompensasiya oshirilgan holda to‘lanadi

Turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pul kompensasiyasi kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan, turar joy bilan ta’minlanmagan oddiy askar, serjant va ofiserlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga amaldagi sarf-xarajatlar doirasida (kommunal xizmatlar haqi bundan mustasno) quyidagi miqdorda to‘lanishi belgilangan:

🔹Toshkent shahrida — BHMning 4 baravarigacha;

🔹Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida — BHMning 3 baravarigacha;

🔹boshqa shaharlar, tumanlar markazlari va aholi punktlarida — BHMning 2 baravarigacha.

👨‍👨‍👧‍👧 Oila a’zolari 3 kishi va undan ortiq bo‘lgan taqdirda (harbiy xizmatchining o‘zini hisoblamagan holda) ushbu pul kompensasiyasi miqdorlari 50 foizga oshiriladi.

📌Bunda harbiy xizmatchining harbiy xizmatni o‘tash joyiga kelgan oila a’zolari: xotini (eri), ularning bolalari va ota-onalari, shuningdek qonunchilikka muvofiq ijaraga oluvchining oila a’zolari deb e’tirof etilgan boshqa shaxslar hisobga olinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!