Tunisda ko‘chadagi odamlar harorati dronlar yordamida o‘lchanmoqda

Tunisda ko‘chadagi odamlar harorati dronlar yordamida o‘lchanmoqda

Tunis hukumati Covid-19 virusni bilan bog‘liq vaziyatni kuzatish uchun uchuvchisiz uchar apparatlardan foydalanishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Fuqarolarning haroratini o‘lchash uchun harorat sensorlari bilan jihozlangan to‘rtta dron epidemiologik vaziyatni kuzatishga yordam beradi, deyiladi vazirlik xabarida.

Tegishli kelishuv Qishloq va baliqchilik vazirligi va SSVning yangi paydo bo‘layotgan kasalliklarni monitoring qilish markazi tomonidan tuzilgan.

Bundan tashqari dronlar megafonlar (ovoz kuchaytirgichlar) bilan jihozlangan, ular yordamida aholi epidemiologik xavf haqida va profilaktika choralariga rioya qilish zarurligi to‘g‘risida ogohlantirilishi mumkin.

Hozirgi kunda Tunisda koronavirus infeksiyasining 1087 holati qayd etilgan. 49 nafar bemor vafot etgan, 965 kishi sog‘ayib ketgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!