Transportni mast holda boshqarganlik uchun javobgarlik kuchaydi

Transportni mast holda boshqarganlik uchun javobgarlik kuchaydi

2018 yil 22 oktyabrdagi O‘RQ-503-son Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish kiritildi. 

131-modda (131-modda. Transport vositalarini mast holda boshqarish):

birinchi qismining sanksiyasi (Haydovchilarning transport vositalarini alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holda boshqarishi - transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi) quyidagi tahrirda bayon etildi:

«transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum qilib, eng kam ish haqining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi»;

ikkinchi qismining sanksiyasi (Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa - eng kam ish haqining o‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi) quyidagi tahrirda bayon etildi:

«eng kam ish haqining qirq baravari miqdorida jarima solishga yoki o‘n besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi»;

uchinchi qismining sanksiyasi (Alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast shaxsga transport vositasini boshqarishni topshirish - eng kam ish haqining o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan ikki yildan uch yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi) quyidagi tahrirda bayon etildi:

«transport vositasini boshqarish huquqidan ikki yildan uch yilgacha muddatga mahrum qilib, eng kam ish haqining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi».

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!