Trampga suiqasd paytida halok bo‘lgan amerikalikning posti shov-shuv bo‘ldi

Trampga suiqasd paytida halok bo‘lgan amerikalikning posti shov-shuv bo‘ldi

Amerikada mamlakat prezidentligiga nomzod Donald Trampga uyushtirilgan hujum vaqtida halok bo‘lgan 50 yoshli o‘t o‘chiruvchi Kori Komperatorga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Avvalroq otishma qurboni haqidagi ma’lumotni Pensilvaniya gubernatori Josh Shapiro ham tasdiqlagandi.

“Kori yaxshi ota, professional o‘t o‘chiruvchi edi. U har yakshanba cherkovga borardi. Kori nafaqat oilasini, balki o‘z jamoasini ham yaxshi ko‘rardi”, – degan gubernator marhumni xotirlab.

Ayniqsa Korining blogerlar va jurnalistlar e’tiborini tortgan posti internetda tarqalib, 35 mlndan ortiq o‘qildi. Postda erkak sionistlarning bombardimonlaridan jabr ko‘rayotgan falastinliklarni Ikkinchi jahon urushi davrida AQShning yadroviy hujumidan jabrlangan yaponlar bilan solishtirgan.

Unda Kori amerikalik teleboshlovchi Pirs Morganning urush tugaganidan so‘ng falastinliklar qayerda yashashi haqidagi savoliga javoban:

“Buni ularning o‘zlari hal qilishadi, xuddi yaponlar kabi", – deb yozgan.

Bu so‘zlari bilan Kori Ikkinchi jahon urushi paytida Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga tashlangan va yuz minglab tinch aholining hayotiga zomin bo‘lgan atom bombalariga ishora qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Pensilvaniya shtatining Butler shahrida saylovoldi tashviqoti vaqtida AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga o‘q uzilgandi. Hodisa vaqtida bir kishi halok bo‘lib, ikki kishi yaralangan edi. Xavfsizlik kuchlari hujumchini otib tashlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!