Tramp Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qiladi

Tramp Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qiladi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 19 iyulga telefon orqali muloqot qilishni rejalashtirgan. Bu haqda Amerikaning CNN telekanali ikki manbaga tayanib xabar berdi.

Bu qo‘ng‘iroq ularning Tramp Oq uyni tark etganidan keyingi ilk suhbati bo‘ladi. Bu Yevropada Trampning Ukraina mojarosiga nisbatan siyosati qanday bo‘lishi va u noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Kiyevga yordam berishidan xavotirda bo‘lib o‘tadi.

Ikki siyosatchi o‘rtasidagi telefon suhbati uchun mos vaqt haqida munozaralar uzoq vaqt davomida bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi telekanal manbalari. Ulardan biri sana tez-tez o‘zgarib turishi haqida ogohlantirdi.

Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, Ukrainadagi mojaroni bir kunda hal etishi mumkinligini bir necha bor aytgan. Shu bilan birga, siyosatchi o‘z rejasining tafsilotlariga aniqlik kiritmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!