Tramp Xarrisning Putin bilan aloqasini e’lon qildi
Oq uyning sobiq rahbari Donald Tramp vise-prezident Kamala Xarris Ukrainadagi urush boshlanishidan uch kun oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan aloqada bo‘lganini aytdi. Bu haqda u Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Xarris Ukraina bilan mojaroning oldini olish maqsadida Putin bilan muzokara o‘tkazish uchun maxsus yuborilgan. Shu bilan birga, AQShning sobiq prezidenti "bu o‘zining davrida sodir bo‘lmasdi", deb qo‘shimcha qildi.
"U Ukrainaga kirmasligi uchun Putin bilan uchrashishga yuborilgan. Bu men bilan sodir bo‘lmagan bo‘lardi. Rossiya uch kundan keyin kirdi va hozirgacha davom etmoqda", — dedi u.
Avvalroq Tramp davlat to‘ntarishi natijasida Bayden prezidentlik poygasidan chetlashtirilganini aytgandi.