Tramp Rossiyani "kichik zarbalar" bilan qo‘rqitishga qaror qildi

A A A
Tramp Rossiyani "kichik zarbalar" bilan qo‘rqitishga qaror qildi

AQSh Prezidenti Donald Tramp Davosda bo‘lib o‘tgan Jahon iqtisodiy forumida so‘zga chiqib, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi harbiy mojaroning yakunlanishiga neft narxlarining pasayishi yordam berishi mumkinligi haqidagi fikrini bildirdi.

"Men, shuningdek, Saudiya Arabistoni va OPEKni neft narxlarini pasaytirishga undamoqchiman. Agar narxlar pasaysa, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush darhol tugaydi", — dedi Tramp. U qo‘shimcha qilib, Saudiya Arabistoni va OPEK "ma’lum darajada bu jarayon uchun mas’ul" ekanligini ta’kidladi. "Millionlab odamlar hayotdan ayrilmoqda", — deya qo‘shimcha qildi AQSh rahbari.

Uning bayonotidan so‘ng London birjasi ICE Futures’da Brent markali neftning mart oyi fyucherslari 1,21 foizga arzonlab, bir barrel uchun 78,05 dollarga tushdi. Bu holatga Tramp tomonidan AQShda energetika sohasida favqulodda holat joriy qilish haqidagi farmonni imzolagani ham ta’sir ko‘rsatdi. Bu hujjat uning inaugurasiyasidan so‘ng, dushanba kuni imzolangan edi.

Ukrainadagi Xalqaro Ozodlik instituti prezidenti va iqtisodiyot bo‘yicha bir qancha xalqaro mukofotlar sohibi Yaroslav Romanchuk bu masala yuzasidan "TRT" telekanaliga izoh berar ekan, neft narxlari tushishda davom etishi mumkinligini, ammo bu urushni to‘xtatmasligini aytdi:

— Saudiya Arabistoni Trampning taklifini qabul qiladimi yoki yo‘qmi, bu muzokaralar masalasidir. Ammo Trampning neft qazib olish hajmini oshirish va energetika bozorini qayta qurishga bo‘lgan intilishlarini hisobga olsak, neft narxlarining pasayishi oldindan belgilab qo‘yilgandek.

Bundan tashqari, Xitoy iqtisodiyoti og‘ir ahvolda, Xitoy esa dunyodagi yirik neft mahsulotlari iste’molchilaridan biridir. Shu sababli, yaqin kelajakda energiya resurslari narxining pasayish davriga kirib boryapmiz.

— Neft narxi qaysi darajagacha tushishi mumkin?

— Buni hech kim aniq ayta olmaydi. Balki bir barrel uchun 40 dollargacha tushar, balki 30 dollarga ham. Ammo narxning tushishi aniq tendensiyaga ega.

— Bu Ukraina urushini to‘xtata oladimi?

— Yo‘q. Agar Rossiya iqtisodiyoti tarkibiga va byudjetining daromad manbalariga qarasak, neftdan keladigan daromad federal byudjetning uchdan biridan ham kamroq qismini tashkil etadi. Boshqa moliyaviy manbalar — davlat korxonalari resurslari, banklar va so‘nggi 20 yil ichida Rossiya tomonidan xorijda tashkil etilgan minglab tijorat tuzilmalaridir. Bunday yirik tizimni bunday kichik bir chora bilan to‘xtatib bo‘lmaydi.

Bundan tashqari, neft narxlari pasayishi bu sohadan daromad yo‘qolishini anglatmaydi. U ichki bozorda baribir daromad keltiradi. Neft va gaz yo‘qolmaydi, chunki ushbu yoqilg‘i turlariga talab davom etadi.

Ukrainadagi urushni to‘xtatish uchun qanday choralarga murojaat qilish kerak?

Rossiyani muzokara stoliga o‘tirishga majbur qiladigan choralar ko‘rish kerak, masalan, Rossiyani terrorizm homiysi deb tan olish. Faqat neft narxlarini pasaytirish emas, balki savdo embargosini joriy etish — bu eng samarali yo‘l bo‘lar edi.

Ikkinchi usul — AQShda mavjud bo‘lgan barcha yadro quroliga kirmaydigan qurollarni Ukrainaga yetkazib berish. Bu ham juda kuchli omil bo‘lardi.

Boshqa choralar tezkor natijalar bermaydi. Urush yana ikki, uch, hattoki besh yil davom etishi mumkin.

— Savdo embargosi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?

— Bu jiddiy muammo bo‘ladi. Rossiya ichida jiddiy kelishmovchiliklar yuzaga keladi. Mamlakatda moliyaviy imkoniyatlarini yo‘qotgan odamlar, shu jumladan elita vakillari ko‘payadi. Pul yetishmasligi sababli hukumat pul bosish usuliga o‘tishga majbur bo‘ladi. Bu esa inflasiyani yanada oshiradi.

Bugungi kunda Rossiya iqtisodiyoti yiliga 3,6 foizga o‘smoqda. Ammo savdo embargosi sharoitida bunday ko‘rsatkichlarga erishish mumkin bo‘lmaydi. Mamlakat ichida aholining noroziligi ortib boraveradi.

Urush har yili Rossiyaga 200-250 milliard dollarga tushmoqda. Bunday miqyosdagi iqtisodiy inqiroz sharoitida odamlarni, ayniqsa urush sababini tushunmayotganlarni jangga jalb qilish o‘ta qiyin bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

AQSh Eron neft eksportining 90 foizini nazorat qiluvchi Xark orolini egallashni rejalashtirmoqda

Бу ҳақда Axios хабар берди.

Eronning yangi oliy rahbari saylandi, ammo...

Эрон Экспертлар кенгаши мамлакатнинг янги олий раҳбарни сайлади, деб хабар берди Эроннинг Mehr ахборот агентлиги кенгаш аъзоларига таяниб.

Amerikaliklar Trampning o‘g‘lini urushga yuborishni talab qilmoqda

Bild нашрининг хабар беришича, минглаб америкаликлар Доналд Трампнинг ўғли Берронни ҳарбий хизматга чақиришни талаб қилмоқда.

"Real" muxlislarini xursand qiladigan xabar chiqdi

Мадриднинг "Реал" клуби ҳужумчиси Килиан Мбаппе тиззасидаги жароҳатини даволашда давом этмоқда.

Ko‘rfazda AQSh uchun noxush vaziyat

Яқин Шарқда вазият кескинлашиб бораётган паллада Кўрфаз давлатлари АҚШнинг уларни ҳимоя қилиш салоҳиятига ишончни йўқотди, деб хабар бермоқда Foreign Policy журнали.

AQSh 24 soat ichida 200dan ortiq askarini yo‘qotdi

Эрон расмийлари хабарига кўра, АҚШ инфратузилмаси ва манфаатларига жиддий зарар етказилган.

Tramp Eronning yangi oliy rahbari haqida gapirdi

Fox News бошловчиси Брайан Килмид Можтаба Хоманаий янги олий раҳбар деб эълон қилинганидан кейин АҚШ президенти Доналд Трамп билан суҳбатлашганини хабар қилди.

Eron dronlari va raketalari Fors ko‘rfazidagi AQSh harbiy ob’ektlarini yakson qildi

Эрон БАА ва Иорданиядаги Американинг "THAAD" ракетага қарши мудофаа радарларини йўқ қилди, деб хабар бермоқда Ислом инқилоби муҳофизлари корпуси (ИИМК).

Tramp Eronga keskin talab qo‘ydi

Трамп Эронни «шартсиз таслим бўлишга» чақирди.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Uyiga faqat tunda kelishni odat qilgan qarzdorga MIB "syurpriz" qildi

Қарздор транспорт воситасини фақат тунда уйига олиб келиниб, кундузи бошқа жойда сақланаётгани аниқланган.

“An-Nasr” Ronalduni sotadigan bo‘ldi. Birinchi xaridor aniq

Саудия Арабистонининг “Ан-Наср” клуби раҳбарияти мамлакат Профессионал лигасининг энг машҳур юлдузи Криштиану Роналду билан хайрлашишга тайёр.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Imomali Rahmon vafot etdi(mi)?

Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.

BMTda uyat va bema’nilik teatri

Жанговор ҳаракатларни зудлик билан тўхтатишга чақирувчи ҳужжат қабул қилинмади.

Qo‘qonlik tabib Iqbol Soliyev Ozarbayjondagi klinikada qo‘lga olindi

Маълум қилинишича, ҳодиса Бокуда жойлашган Bİ ES VİP эстетик клиникасида содир бўлган.

Tramp: “Eronni bir soat ichida yo‘q qilishimiz mumkin edi”

Бу ҳақда АҚШ президенти Дональд Трамп журналистлар билан суҳбатда маълум қилди.

“Hizbulloh” Isroilga qarshi operasiya boshlanganini rasman e’lon qildi

Бу ҳақда Fars ахборот агентлиги гуруҳ баёнотига таяниб хабар берди.

Vashingtonda Tramp va Epshteyn tasvirlangan haykal paydo bo‘ldi

Инсталляция “Титаник” фильмидаги машҳур саҳнага ўхшатиб ишланган бўлиб, олтин рангга бўялган.

Minobdagi maktab hujumi: hech kim jazoga tortilmaydi

Эроннинг Миноб шаҳридаги қизни мактабига қилинган ракетали ҳужум ҳеч ким томонидан атайлаб амалга оширилмаган.

Hindistonda Isroil uchun dronlar ishlab chiqaradigan zavodda yirik yong‘in

Сўнгги маълумотларга кўра, фожиа оқибатида заводда бўлган ишчилар ва муҳандислардан камида 50 киши ҳалок бўлган.

Isroil Bayrutga yangi zarbalar seriyasini boshladi

Исроил армияси Байрутдаги нишонларга янги зарбалар сериясини бошлади.

Qirg‘izistonda 2025 yilda internet firibgarlari fuqarolardan 826 mln so‘m o‘g‘irlagan

Бу ҳақда Қирғизистон ички ишлар вазири ўринбосари Нурбек Абдиев маълум қилди.

AQSh "Green Card" lotereyasi qayta boshlanganligini ma’lum qildi

АҚШ Давлат департаменти Green Card (DV-2026) хилма-хиллик визаси лотереяси 2026 йил 10 апрелдан бошланишини эълон қилди.

Bekobodda 11-sinf o‘quvchisining o‘limida gumonlanib yana 4 nafar o‘smir hibsga olindi

Жабрланувчи тиббиёт муассасасига олиб борилган бўлса-да, кўрсатилган тиббий ёрдамга қарамасдан, вафот этган.

Krokus Siti Xolldagi teraktni uyushtirgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi

Теракт оқибатида 150 киши ҳалок бўлган, 336 киши жароҳатланган, яна 3 киши бедарак йўқолган.

Toshkentda yo‘l o‘tkazgich devori o‘pirilib tushdi

Ҳодиса содир бўлган ҳудуд ўраб олинган, зарур хавфсизлик чоралари кучайтирилган.

Erondagi maktabga berilgan zarba uchun AQSh mas’ul — The New York Times

Айтилишича, бу ҳужумга нишон координаталарининг эскиргани сабаб бўлган бўлиши мумкин.

Isroilda raketa zarbasidan halok bo‘lgan asli o‘zbekistonlik erkakning shaxsi ochiqlandi

Сўнгги кунларда айрим оммавий ахборот воситалари ва ижтимоий тармоқларда 2026 йил 9 март куни Исроилнинг Йехуд шаҳрида қурилиш майдонида содир бўлган ракета ҳужуми оқибатида ҳалок бўлган шахс ҳақида хабарлар тарқалмоқда.

Bekobodda 11-sinf o‘quvchisi o‘ldirildi: Bosh prokuratura bayonoti

Бекободда мактаб ўқувчиси пичоқланди ва вафот этди. Бош прокуратура ҳодиса бўйича баёнот берди.

CNN xabar berishicha, Rossiya Eronga Ukrainaga qarshi urushda takomillashtirilgan dron taktikasi bilan yordam bermoqda

Washington Post газетаси ҳам илгари Москва Эронга Яқин Шарқдаги Америка кучларига ҳужумлар учун разведка маълумотларини тақдим этаётгани ҳақида хабар берган эди.

Isroilda raketa hujumi oqibatida o‘zbekistonlik erkak halok bo‘ldi

Маълум қилинишича, 62 ёшли эркак 2017 йилда Ўзбекистон фуқаролигидан чиққан. У сўнгги 14 йил давомида Исроилда яшаб келган.

Turkiyada 46 yoshli samarqandlik ayol o‘ldirilgan. 4 kishi qo‘lga olingan

Жорий йилнинг 6 март куни Туркия ҳудудида ўлдирилган ва маълум вақт давомида қидирувда бўлган, асли самарқандлик 46 ёшли Дилафруз Чуллиеванинг жасади Ўзбекистон Республикасининг Истанбул шаҳридаги Бош консулхонаси ҳамда Ташқи меҳнат миграцияси агентлиги кўмагида Ўзбекистонга қайтарилди.

Surxondaryoda 6 yoshli qiz Nexia urib ketishi oqibatida vafot etdi

Шу йўлнинг 106-километрида жойлашган 27-мактаб олдида ҳам ўқувчилар хавфсизлиги учун баланд пиёдалар ўтиш жойи барпо этилмоқда

"Borma, kuyasan": Eron Ormuz bo‘g‘ozini minalashtirmoqda

Эрон Ормуз бўғозига миналар ўрнатаётгани ҳақида хабар берилди. Бу ҳақда америкалик ОАВ разведка маълумотларига таяниб хабар қилди. CBS ва CNN маълумотларига кўра, Теҳрон бир неча ўнлаб миналарни жойлаштирган ва яна юзлаб миналар ўрнатиши мумкин.

Bayrut jonli efir paytida bombardimon qilindi

Бу ҳодиса Ливан ва Исроил ўртасидаги кескинлик кучайиб бораётган бир вақтда содир бўлди.

Isroil Eron rasmiylarining “suyaklarini sindirishda” davom etmoqda — Netanyaxu

Бенямин Нетаняху, Исроил Бош вазири 10 март куни маълум қилишича, Исроил Эрон расмийларининг суякларини синдиришда давом этмоқда.

Xitoy dunyodagi eng katta armiyalardan biriga aylandi — Business Insider

Халқаро стратегик тадқиқотлар институтининг “The Military Balance 2026” ҳисоботига таяниб, дунё армияларининг шахсий таркиби бўйича рейтингини эълон қилди.

Yaqin Sharq mintaqasidagi urushning bastlabki 10 kunida 1700 dan ortiq inson halok bo‘ldi — Reuters

"28 феврал куни АҚШ ва Исроил Эронга ҳужум бошлади. Шундан сўнг Эрон – АҚШ ҳарбий базалари жойлашган Форс кўрфази давлатлари ва Исроилга қарши ҳужумга ўтди.