Tramp Netanyahuni tahqirladi – OAV

Tramp Netanyahuni tahqirladi – OAV

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning kuni kecha AQShga amalga oshirgan tashrifi diplomatik muvaffaqiyatsizlik deb baholanmoqda. Isroil matbuoti esa prezident Donald Tramp Netanyahuni jamoatchilik ko‘z o‘ngida tahqirladi deb yozdi.

Vengriyadan to‘g‘ri Vashingtonga uchgan Binyamin Netanyahu 7 aprel kuni mezbon davlat rahbari Donald Tramp bilan uchrashgan. Uchrashuvda tomonlar G‘azo sektoridagi urush, AQSh tomonidan joriy etilgan bojlar hamda Isroil va Turkiya o‘rtasidagi taranglik va Eron yadro dasturini muhokama qilishgan.

Ikki siyosatchi ishtirokida Oq uyda jurnalistlar uchun matbuot anjumani tashkil etilgan.

Isroilning “Walla” nashri sharhlovchisi Barak Ravid fikricha, Netanyahu muzokaralar jarayonida Trampga biror bir masalada ta’sir ko‘rsata olmagan. Aksincha, yahudiy davlati siyosatchisi matbuot anjumanida tahqirlangan va “tilini yutgancha”, “gultuvak” kabi jimgina o‘tirgan.

“Amerikaning boshqa prezidentlari huzurida Netanyahu o‘zini erkin va agressiv tutgani ma’lum. (Tramp bilan uchrashuvda esa) Netanyahu kameralar qarshisida kulib, jimgina tomoshabin bo‘lib o‘tirdi. Vaziyat Netanyahu uchun o‘ng‘aysiz va tahqiromuz edi. Bu uning siyosiy zaifligi, Tramp siyosatiga ta’sir ko‘rsata olmasligi va Amerika prezidentiga to‘liq tobe ekanini ko‘rsatdi”, – deb yozadi isroillik sharhlovchi Barak Ravid.

Netanyahu uchrashuvda Trampga Suriyada Turkiyaning ta’siri oshib borayotganidan shikoyat qilgan va bu bilan Anqaraga bosim o‘tkazish zarurligiga shama qilgan. Tramp bu shamaga e’tibor qaratmagan, boz ustiga, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan do‘stona munosabatda ekanini ta’kidlab, Netanyahuga bu masalada “aql bilan ish yuritish”ni tavsiya etgan.

Isroil bosh vaziri Eronga qarshi harbiy harakatlar uchun Oq uydan “oq fotiha” olishga uringani taxmin qilinadi. Ammo Tramp Eronga harbiy hujum ehtimolini ham rad etgan holda, Tehron rasmiylari bilan yadro dasturi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokara o‘tkazilishini e’lon qilgan. Isroilning “Maariv” gazetasi tahlilchisi Anna Barskaya fikricha, bu Netanyahu uchun kutilmagan holat edi. Shu tariqa Tramp Tel-Avivning Eronga harbiy hujum haqidagi taklifini rad etgan va ziddiyatni diplomatik muzokara orqali yechishga undagan.

“Tezkor tashrif mobaynida bir necha muammoni bir urinishda hal qilish va katta ochko olishni ko‘zlagan Binyamin Netanyahu xorijdagi bir haftalik safarini noqulay tarzda yakunladi. Xorijiy safardan juda kam javob va ko‘plab savollar tug‘ildi”, – deb xulosa qiladi tahlilchi Anna Barskaya.

Ma’lumki, AQSh prezidenti Donald Tramp 2 aprel kuni 183 davlatga 10 foizdan 50 foizgacha miqdorda import bojlarini joriy qildi. Shu farmon doirasid Isroilga ham qo‘shimcha 17 foiz boj tatbiq etilmoqda. Netanyahu Tramp bilan uchrashuvda mazkur bojni ham bekor qilishga urinishi kutilayotgandi.

Isroilning “Ediot Axronot” nashri sharhlovchisi Itamar Eyxnerning yozishicha, uchrashuv mobaynida Netanyahu boj masalasidan so‘z ochganida, Tramp Isroilga har yili milliard-milliard dollar ko‘mak berilayotganini aytib, boj bekor qilinmasligiga ishora etgan.

Shunga ko‘ra Itamar Eyxner ham “Netanyahu Vashingtondan quruq qo‘l bilan qaytdi” deb hisoblaydi.

Ma’lumot o‘rnida, Isroil bosh vazirining joriy yil fevraldagi Vashingtonga safari katta diplomatik yutuq deb baholangandi. O‘shanda Tramp Netanyahuga “Bibi, buyuk yo‘lboshchi” yozuvi tushirilgan fotosurat ham sovg‘a qilgandi.

Ayni choqda, tahlilchilar Trampning Netanyahuga ro‘yxushlik bermasligi muvaqqat holat ekani, Isroilni shartlarsiz qo‘llab-quvvatlab kelayotgan respublikachi siyosatchi kelgusida strategik masalalarda baribir Tel-Avivning yonini olishini aytmoqda. Bu borada Tramp butun dunyoning e’tiroziga qaramay, Isroil rasmiylari taklif etayotgan G‘azo sektori aholisini boshqa hududlarga surgun qilish rejasini dastaklab kelayotganini eslash kifoya.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Xitoyliklar orolni egalladi va tark etdi

У ерда Хитой байроғи ўрнатилган.

"Manchester Siti" qishda sotib olgan himoyachisi yozda sotib yuborilishi mumkin

Қишки трансферлар вақтида ҳимоячи Витор Рейс "Палмейрас"дан "Манчестер Сити" таркибини тўлдирди.

Ispaniyadagi favqulodda holat tufayli «Barselona» - «Inter» uchrashuvi boshqa vaqtga ko‘chirilishi mumkin

El Desmarque хабарига кўра, Испанияда электр энергиясининг ўчиб қолиши туфайли Чемпионлар Лигаси ярим финалидаги "Барселона" - "Интер" учрашуви кўчирилиши мумкин.

Rossiya tez orada g‘ururdan portlab ketadi

Лавровнинг таъкидлашича, Москва ва Вашингтон "турли соҳаларда алоқаларни давом эттирмоқда.

Rossiya Hindiston va Pokistonga murojaat qildi

Россия томони Покистон ва Ҳиндистонни келишмовчиликларни тинч йўл билан ҳал этиш учун босиқлик сақлашга ва конструктив мулоқот олиб боришга ундамоқда.

Rossiyaliklar endi urushmoqchi emas

Украинадаги рус ҳарбийларининг деярли тўртдан уч қисми (72 фоизи) жанговар ҳаракатларни тўхтатиш тарафдори.

Qozog‘iston Xitoyga yer bergani haqiqatmi?

Қозоғистон ТИВ бу ҳақидаги маълумотларга муносабат билдирди.

Evropa zulmatga cho‘mdi

Испания, Португалия, Франсия ва Белгияда электр энергиясида катта узилишлар юз берди, бу эса аҳолини электр энергияси, интернет ва мобил алоқасиз қолдирди.

Jigarni tozalash uchun foydali maslahatlar

Кўпроқ сув ичинг. Сувга лимон қўшинг. Сув ва лимон шарбати токсинларни олиб ташлаш учун жигарни рағбатлантиради.

Avstraliyada hukumat ruxsati bilan 700 ta koala otildi

Виктория бош вазири Хаcинта Алланнинг айтишича, қарор ҳар томонлама ва синчковлик билан баҳоланганидан кейин қабул қилинган.

Oilalarga 75 000 000 so‘mgacha foizsiz qarz beriladi

Мазкур маблағлар Камбағалликни қисқартириш давлат мақсадли жамғармаси томонидан ажратилади.

1 maydan 500 kVt⋅soatgacha bo‘lgan yangi miqdor joriy qilindi​​​​​​​

Қолаверса, 201 кВт·соатдан 1000 кВт·соатгача бўлган дифференциаллашган тариф бўйича истеъмол миқдори орасига янги миқдор киритилмоқда.

Texas ko‘lida 2 metrlik mahluq qo‘lga tushdi, bu jahon rekordi bo‘lishi mumkin

Техасда балиқ овлаш бўйича жаҳон рекордчиси қайтиб келди ва ўз ҳаётидаги энг қийин овда кўлнинг лойқа сувлари остида яна бир ажойиб воқеани яратди.

Ingliz manbasi: Husanov Gvardiola bilan tortishib qoldi

Бу ҳақда Х ижтимоий тармоғидаги Real Talk Manchester City аккаунти хабар берди.

“Tez orada Xudoning yordami bilan — bu butun Isroil yurti bo‘ladi”

Исроил оммавий ахборот воситалари шундай ёзув билан тарихий Фаластиннинг бутун ҳудудини қамраб олган харитани эълон қилишди.

"Kosmos-482" Yerga qulamoqda

Яқин кунларда оғирлиги қарийб ярим тонна бўлган совет планеталараро космик аппарати Ерга қулайдиган бўлди.

O‘zbekistonda II Jahon urushi qatnashchilari soni ma’lum bo‘ldi

Махсус тарзда қайта кўриб чиқилган ҳарбий қайд варақалари асосида аниқланишича, Ўзбекистондан фронтга 1 миллион 951 минг нафар киши сафарбар этилган.

Ukrainaga qarshi urushda qatnashgani aytilgan 1 110 nafar o‘zbekistonlik fuqaro bo‘yicha tekshiruv boshlangan

Агар уларнинг жанговар ҳаракатларда иштирок этгани тасдиқланса, Ўзбекистон қонунчилигига мувофиқ жавобгарликка тортилади.

"Manchester Siti"ning "Vulverxempton"ga qarshi asosiy tarkibi e’lon qilindi

Пеп Гвардиола ушбу беллашувнинг асосий таркибини эълон қилди.

Markaziy bank “muddatli to‘lov” (BNPL) xizmatlarini tartibga solishni boshlamoqchi

“Ҳозир ол, кейин тўла” хизмати жуда қулай, лекин у орқали кўп нарса сотиб олган одам ҳатто билмаган ҳолда катта қарзга тушиб қолиши мумкин.

Isroil qamali G‘azoda 57 nafar falastinlikni ochlikdan o‘ldirdi

Халқаро ҳамжамият чегараларнинг очилишини таъминлаш учун чоралар кўришга чақирилмоқда.

Norvegiyaning eng badavlat insonlaridan biri YTHda halok bo‘ldi

Польшада балиқчилик саноати магнати Вигнер Линдал Олсен ЙТҲда ҳалок бўлди

Rossiyaning Xarkovga uyushtirgan hujumi oqibatida 50 ga yaqin kishi jarohat oldi

Шаҳар мэри Игор Тереҳовнинг сўзларига кўра, ҳужум натижасида 46 нафар инсон жароҳатланган.

Dog‘istonda terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

У мендан шаҳарда жойлашган турли ташкилотларни суратга олишни сўради, 9 май куни теракт содир этиш учун турли моддалар сотиб олишим бўйича топшириқлар берди," - деди сўроқ пайтида қўлга олинган аёл.

Toshkent viloyatida o‘zini poyezd ostiga tashlagan ayol vafot etdi

Аввалроқ, Ижтимоий тармоқларда Тошкент вилоятининг Зангиота туманида 30 апрель тонгда аёл ўзини поезд остига ташлагани акс этган видео тарқалгани ҳақида хабар берган эдик.

Toshkent viloyatida ayol o‘zini poyezd ostiga tashladimi?

Огоҳлантирувчи белгилар мавжудлигига қарамай, кўпчилик асосий хавфсизлик чораларини эътиборсиз қолдириб, ўзи ва бошқаларнинг ҳаётини хавф остида қолдириши айтиб ўтилган.

Toshkentda uyda giyohvand o‘simligini yetishtirgan shaxslar qo‘lga olindi

У ерда бўйи 60 дан 170 сантиметргача бўлган гиёҳвандлик ўсимлиги иссиқхона услубида, тувакда, махсус ёруғлик ва ҳаво алмашинуви воситалари ёрдамида етиштирилаётгани аниқланган.

Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim aniqlandi

53 ёшли эркак инфекцион касалликни диний байрам вақтида еган мол гўштидан юқтириб олгани тахмин қилинмоқда.

Pokiston elchisi: Hindiston terrorizmdan davlat darajasida foydalanmoqda

Бу ҳақда Покистоннинг БМТдаги доимий вакили Асим Ифтихор Аҳмад жаҳон ташкилотининг Нью-Йоркдаги штаб-квартирасида ўтказилган матбуот анжуманида маълум қилди.

AQSh Rossiya va Ukraina o‘rtasida vositachilik qilishda davom etmoqda

Қўшма Штатлар ҳали Россия ва Украина ўртасидаги воситачи ролидан воз кечаётгани йўқ, аммо можароларни ҳал қилиш жараёнида олдинга силжиш бўлмаса, вазият ўзгаради, деди Давлат департаменти матбуот хизмати раҳбари Темми Брюс.

Rossiyaga butun Ukrainani bosib olish uchun 230 yil va 100 million qurbon kerak bo‘ladi

Бундай ҳисоб-китобларни Форбес нашри амалга оширди.

AQSh va Isroil G‘azo aholisiga insonparvarlik yordamini qayta tiklash bo‘yicha kelishuv tayyorlamoqda

Бу ҳақда Ахиос портали Исроил ва Америка расмийларига таяниб хабар берди.

Hindistondagi ibodatxonadagi tiqilinch oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi, 50 dan ortiq kishi jarohat oldi

Бу ҳақда “ТАСС”ГА таяниб, НДТВ телеканали хабар берди.

Germaniya Yevropaning Ukrainadagi asosiy xatosini aytdi

Бу ҳақда у Х ижтимоий тармоғидаги саҳифасида маълум қилди.

AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni tayyorlashni boshladi

Бу ҳақда Реутерс АҚШ президенти Доналд Трамп маъмуриятидаги манбага таяниб хабар бермоқда .

NATO mudofaa xarajatlarini oshirish yo‘lini topdi

Бу ҳақда Реутерс манбаларига таяниб хабар бермоқда .

Polsha Yevropaning Rossiyaga bo‘lgan yo‘nalishidan dahshatga tushdi

Бу ҳақда Полшанинг Мйśл Полска газетаси хабар берди .

Evropa yaqinlashib kelayotgan fojia haqida ogohlantirdi

Бу ҳақда Венгрия фундаментал ҳуқуқлар маркази таҳлилчиси Золтан Коскович Х ижтимоий тармоғидаги саҳифасида огоҳлантирди.

AQSh Ukrainadagi mojaroda Yevropaning rolini eslatdi

Бу ҳақда собиқ америкалик разведка ходими Скотт Риттер гапирди .

Isroil harbiy-siyosiy vazirlar mahkamasi G‘azo sektoridagi harbiy amaliyotlarni kengaytirishga rozi bo‘ldi

Нашрнинг ёзишича, Исроил мудофаа кучларининг бир нечта захира бригадалари сафарбар қилинади ва 8-пиёда дивизияси жойлаштирилади.