Tramp hujumlarni kamida yana 5 kun davom ettirmoqchi
BMT AQSh va Isroilni tanqid qilmoqda, ammo Tramp bilganini qilmoqchi.
Bugun tunda qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
🔸Eron davlat televideniyesi mojaro davomida “Fattah” gipertovushli raketasi qo‘llanganini ma’lum qildi. Eron mudofaasi javob tariqasida qariyb 1,2 ming raketa uchirilganini bildirdi.
🔸Eron rasmiylariga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab zarbalar oqibatida kamida 201 kishi halok bo‘lgan, 747 kishi jarohat olgan. Janubdagi maktabga qilingan hujumda qurbonlar soni 160 nafargacha yetgani aytilmoqda.
🔸Isroil armiyasi Eronning raketa va havo mudofaa tizimlariga yangi zarbalar berayotganini bildirdi. Tehronda portlashlar qayd etilgan.
🔸Eron hujumlari mintaqadagi AQSh ob’ektlariga ham qaratildi. Quvayt aeroportiga dron urilishi oqibatida 12 kishi jarohat olgan. Qatar va Bahrayndan ham raketa zarbalari haqida xabarlar bor.
🔸 Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Isroil va AQSh harbiy bazalariga qarshi yangi zarbalar to‘lqinini e’lon qildi. Ular 27 ta nuqtaga, jumladan Tel-Nof aviabazasiga, Isroil armiyasi Bosh shtabiga va Tel-Avivdagi yirik harbiy-sanoat majmuasiga qaratilgan.
🔸Donald Trump operasiya bir hafta yoki undan ko‘proq davom etishini aytdi. BMT Xavfsizlik kengashi favqulodda yig‘ilish boshladi.
Vaziyat keskinligicha qolmoqda, tomonlar harbiy harakatlarni to‘xtatish niyatida emas.
