Tramp hech qachon "Twitter"ga qaytmasligini aytdi

 Tramp hech qachon "Twitter"ga qaytmasligini aytdi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp hech qachon Twitter’ga qaytmasligini aytdi.

“Taklif uchun minnatdorman, lekin men hech qachon Twitter’ga qaytmayman”, — dedi Tramp.

Sobiq prezident o‘zining “Truth” ijtimoiy tarmog‘ida bo‘lishni afzal ko‘rishini aytdi. Shu bilan birga, Tramp biznesmen Ilon Mask ijtimoiy tarmoq uchun to‘lashga tayyor bo‘lgan narxini juda yuqori deb hisobladi.

“Faqat ahmoqgina bunday pulga "Twitter"ni sotib oladi. Ilon esa ahmoq emas. Bundan tashqari, u o‘z ulushini noqonuniy sotib olgan bo‘lishi mumkin bo‘lsa, qanday qilib bitim tuzish mumkin?” — dedi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, Mask Trampning Twitter akkaunti bloklanishini xato deb atadi va AQShning sobiq prezidentiga ijtimoiy tarmoqqa kirish huquqini qaytarishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!