Tramp AQShni “fashistlardan” qutqarish kerakligini aytdi

Tramp AQShni “fashistlardan” qutqarish kerakligini aytdi

AQShni fashistik mafkura tarafdorlari boshqaradi. Amerikaning sobiq prezidenti Donald Tramp “Amerikaning yetakchi ayollari” tadbirida shunday fikr bildirdi. Bu holat o‘zgaradimi yoki yo‘q, bo‘lajak saylovlar ko‘rsatadi, dedi u.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, saylovchilarning qo‘llab-quvvatlovi bilan u “AQSh tarixidagi eng korrupsion prezident” Jo Baydenni mag‘lub eta oladi. Shunda Amerika xalqi hokimiyat tepasida turgan “marksistik, fashistik va kommunistik zolimlardan” qutuladi.

The Wall Street Journal nashriga ko‘ra, 2023 yil sentyabr oyi boshida respublikachi saylovchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar saylovchilarning 59 foizi praymerizda Trampni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ko‘rsatadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!