Toyota sotuvi 2022 yilda 5,3 foizga o‘sdi

Toyota sotuvi 2022 yilda 5,3 foizga o‘sdi

Yaponiyaning Toyota konserni va uning sho‘b’a korxonalari Daihatsu va Hino 2022 yilda dunyo bo‘ylab 10,48 million dona avtomobil sotdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 0,1 foizga kam. Bu haqda korporasiyaning dushanba kuni e’lon qilingan hisobotida aytilmoqda.

Shu tariqa, Toyota 2022 yilning 12 oyida dunyo bo‘ylab 8,26 million dona avtomobil sotgan ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Toyota ketma-ket uchinchi yil o‘zining asosiy raqobatchisi – Germaniyaning Volkswagen avtokonsernidan o‘zib ketdi.

Toyota avtomobillarini ishlab chiqarish o‘tgan yili 5,3 foizga oshib, 10,51 million donani tashkil etdi.

O‘tgan yil davomida konsern ma’lum bir oy natijalariga ko‘ra ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha bir necha bor rekord ko‘rsatkichlarni qayd etdi. Kompaniya, birinchi navbatda, Shimoliy Amerikada kuchli talabning tiklanishi tufayli ijobiy natijalarni qayd etadi. Ehtiyot qismlar taqchilligining yaxshilangani ham ijobiy samara berdi.

Toyota va Volkswagen so‘nggi yillarda dunyoda avtomobillar savdosi bo‘yicha yetakchilik uchun kurashib kelmoqda. 2020 yilda, to‘rt yillik tanaffusdan so‘ng, Toyota ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha yana o‘z yetakchiligini qo‘lga kiritdi, shundan beri kompaniyalar o‘rtasidagi tafovut yildan-yilga ortib bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!