«Toshshahartransxizmat» AJning 5 nafar mas’uli ishdan olindi

«Toshshahartransxizmat» AJning 5 nafar mas’uli ishdan olindi



Avvalroq «7-avtobus saroyi»ga biriktirilgan “Mercedes-Benz" rusumli 33-sonli avtobusda yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Mazkur holat va poytaxtda avtobuslar ishtirokidagi YTH ko‘payishi yuzasidan «Toshshahartransxizmat» AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari-bosh muhandis J.Mannopov, Idoralararo tezkor shtab boshlig‘i B.Mamenov, DXX xodimlari boshchiligida tezkor yig‘ilish tashkil etildi.

Qayd etilishicha, avtobuslarning texnik holatiga mas’ul bo‘lgan, ularning yo‘nalishga chiqish oldi texnik ko‘rigini talab darajasida bajarmay, o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan xodimlarga keskin chora ko‘rilib, 5 nafari ishdan bo‘shatildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!