Toshkentmi yoki Ostona? Mintaqada qaysi shahar xalqaro arbitraj markaziga aylanadi?

A A A
Toshkentmi yoki Ostona? Mintaqada qaysi shahar xalqaro arbitraj markaziga aylanadi?

Toshkent Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik va aholisi eng ko‘p shahar bo‘lib, bu yerda 3 millionga yaqin kishi istiqomat qiladi. Poytaxtimiz haqli ravishda Markaziy Osiyoning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi maqomiga da’vogarlik qiladi. O‘zbekiston hukumati haqli ravishda shaharni butkul o‘zgartirish va uni obro‘sini yana ham oshirish maqsadida «Toshkent Citi» kabi multi-milliard loyihani boshlab berdi. Unga ko‘ra, 2022 yilga borib bitishi lozim bo‘lgan zamonaviy mitti shaharchada turli binolar qad ko‘tarib, Toshkentning biznes markaz sifatidagi obro‘sining oshishiga xizmat qiladi. Biznesning rivoji uchun infratuzilmaning muhimligini inobatga olsak, yuqoridagi gapga shubha qilmasa ham bo‘ladi.

Endi esa bir-ikki savollar bilan mavzuni davom ettirsak: «Toshkent Citi»ga qanday biznes qiluvchi kompaniyalar kirib keladi?

Albatta, yurtimizning tabiiy boyligi ko‘pligini hisobga olsak, neft va gaz sohasi, konchilik tizimidagi xalqaro kompaniyalar; aholimiz ko‘pligini hisobga olganda esa turli tuman mahsulot ishlab chiqaruvchilarning kirib kelishini taxmin qilishimiz mumkin. Bizningcha, bularning o‘zigina «Toshkent Citi» uchun aslo etarli emas. Keyingi paytda ko‘pchilik tomonidan unitilayotgan holat, bizningcha, «Toshkent Citi»ning yuksak xizmatlar ko‘rsatuvchi shahar sifatidagi rolidir.

Albatta, xizmat ko‘rsatish sohasi tilga olinishi hamonoq, ko‘pchilik axborot-kommunikasiya texnologiyalari (AKT)ni o‘ylaydi va ular ma’lum darajada haqlidirlar. Biroq, hamma narsa ham hozir AKT bilan hal etilmaydi va AKT qilolmaydigan ishlar hali nihoyat darajada ko‘p. E’tiboringizni qaratmoqchi bo‘lgan sohamiz bu – Toshkentning yuridik xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha mintaqaviy markaz holiga keltirishdir. Huquqiy davlatda ishlarning qonunlarga asosan yuritilishida yuridik xizmatning o‘rni beqiyos. Ayniqsa, biznes-tadbirkorlik yuritish uchun layoqatli yuriskonsultlarning bo‘lishi juda ham muhim hisoblanadi. Ularning orasida yana ham muhimi, kompaniyalar orasidagi nizolarning hal etilishidir. Chunki, inson bor joyda nizo bo‘ladi, oldi-berdi mavjud joyda esa kelishmovchilik chiqadi. Bu tabiiy bir holatdir. Fuqarolik jamiyatida esa bunday nizolarning madaniy tarzda, sud yoki boshqa muqobil usullar orqali yechish talab etiladi. «Toshkent Citi» uchun esa aynan xalqaro arbitraj markazining barpo etilishi muhim ahamiyatga ega.

Xalqaro arbitraj deganda, davlat sudlariga muqobil tarzda kompaniyalar yoki davlat va kompaniyalar o‘rtasidagi nizolarni hal etuvchi hakamlik sudlari tushuniladi. Bizda ham 2006 yildagi «Hakamlik sudlari to‘g‘risida»gi Qonun asosida bir necha yuzlab hakamlik sudlari tuzildi va ularning ko‘pchiligi hozirda o‘z faoliyatini yuritmoqda.

Savol tug‘iladi: nega davlatimizning iqtisodiy sudlari bo‘la turib boshqa yangi shunday arbitraj institutini barpo etish zarur?

Sababi:

  • arbitraj jarayoni tez va oson bo‘lib, xarajati ham oz;
  • arbitraj jarayonida faqat taraflar va ularning vakillari ishtirok etib, taraflarning shaxsiy va tijorat sirlari saqlanishiga olib keladi;
  • yakka yoki uch kishidan iborat arbitrlar guruhi tuzilib, ular har bir nizoning faktlariga ko‘ra ishni moslashuvchan tarzda yuritishlari taraflarga katta qulaylik tug‘diradi;
  • nafaqat huquqshunoslar, balki ma’lum bir soha bo‘yicha chuqur mutaxassislikka erishgan insonlarni (quruvchilik, farmasevtika kabi) jalb etish orqali murakkab faktli nizolarni tez yechilishiga erishish mumkin;
  • xalqaro arbitrajda davlat sudi nazorati mavjud bo‘lmagani sababli, unda xalqaro yoki kollizion muammolarni ham ko‘rish mumkin;
  • arbitraj sudlaridagi maxfiylikka amal qilish (konfidensiallik) maksimal darajada saqlanadi.

Hammasidan ham muhimi, mahalliy tadbirkorlarimiz uzoq o‘lkalarga borib katta miqdordagi moliyaviy xarajat qilmasdan chet el firmalari bilan bo‘ladigan nizolarni Toshkentda hal qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Agar bunday markazni o‘zimizda tashkil qilmasak, unda mahalliy firmalarimiz chet ellik firmalar bilan tuziladigan shartnomada nizo hal etish joyini o‘sha mamlakat (misol uchun, Germaniya, Xitoy yoki Ukraina) deb belgilashga majbur bo‘lishadi.

Boshqa tomondan, xalqaro arbitraj tajribasining ichki milliy qonunchiligimizga ijobiy ta’sirini ham qayd etish joiz. Chet el elementi qo‘shilgan nizoning yurtimizdagi xalqaro arbitraj institutlari tomonidan ko‘rib chiqilishi arbitrlarimizdagi qiyosiy huquqshunoslik bo‘yicha bilim va tajribasini orttiradi. Prosessual huquqning ham takomillashuvi ehtimoli bor. Chunki, arbitraj asosan taraflarning tortishuvchanlik prinsipiga asoslangan bo‘lib, bu holatda anglo-sakson tizimining kontinental huquq tizimiga ijobiy ta’sir etilishi kuzatiladi. Bundan tashqari, sudyalar mustaqilligi muammo sifatida ko‘tarilayotgan bir paytda, huquqshunoslar arbitrlik qilish orqali mustaqil hakam sifatida faoliyat yuritish malakasiga ega bo‘lishadi.

O‘zi bunday loyiha zarurmi?

Albatta zarur. Chunki, mustaqilligimizning 27 yilligi davomida xususiy va davlat korxonalari chet ellarda juda qimmat turuvchi arbitrajlarda nizolarni hal etish uchun qatnashishdi, qatnashishmoqda ham va ularning bir necha o‘n million AQSh dollari to‘laganligi hech kimga sir ham emas. Shundoq ekan, biz o‘zimizda xalqaro nizolarni ko‘ra oladigan, ularni o‘ta xolis shaklda hal etadigan, o‘zining mustaqil reglamenti, turli millatlardan tashkil topgan kuchli arbitrlar jamoasi va eng zamonaviy bino va texnologiyalarga ega bo‘lgan Xalqaro arbitraj markazini qurishga majburmiz!

Boshqa tomondan, 2006 yilgi qonun amaliyotga tadbiq etilganidan beri mana oradan 10 yildan ziyod vaqt o‘tdi. O‘zbekistonlik arbitrlar, advokatlar va kompaniyalar u haqda ancha muncha tajriba hosil qilishdi. Endi esa qo‘rqmasdan, xalqaro arbitrajni yurtimizda tashkil etish vaqti yetib keldi. Buning sabablaridan biri, dunyoning juda ko‘p davlatlari, hatto qo‘shni mamlakatlar – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston ham xalqaro arbitraj to‘g‘risidagi qonunlarini allaqachon qabul qilib bo‘lishgan. Ikkinchi sababi esa, xalqaro arbitrajning yurtimizga kirib kelishi ish izlab yurgan yuristlarimiz uchun qo‘shimcha daromad manbai hisoblanib, yuristlar orasidagi ishsizlikning kamayishiga, ularning saviyasini yana ham ortishiga sabab bo‘ladi. Birgina misol, Angliyaning yillik yuridik xizmatlari miqdori mamlakat yalpi milliy mahsuloti ichida 25.7 milliard funt streling deb baholanadi.

Tasavvur qila olasizmi: Angliyalik yuristlar birgina yuridik hizmatlar uchun 25.7 milliard ishlab oladi, uning ichida arbitraj va nizolarni boshqa yo‘llar bilan hal etish salmoqli o‘rin egallashiga shubhamiz yo‘q. Shunday ekan, nega Toshkentda hech bo‘lmasa mintaqamizdagi xalqaro tijorat nizolarini hal etuvchi markazni tashkil qilmasligimiz kerak?!

2006 yilgi hakamlik sudlari to‘g‘risidagi qonun bilan shunday muammolarni hal etsak bo‘lmaydimi?

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzurida Xalqaro tijorat arbitraj (hakamlik) sudi ham tuzilgan. Ushbu mavjud huquqiy institutlar bilan masalani hal etsak bo‘lmaydimi? Yo‘q bo‘lmaydi. Sababi esa juda oddiy: 2006 yilgi qonun ichki arbitraj nizolarini hal etish uchun qabul qilingan bo‘lib, yurtimizdan tashqarida yuz bergan nizolarni hal etish masalasini o‘z ichiga olmagan, yarimchala qonundir. Shuningdek, 2006 yilgi qonun chet ellik huquqshunoslarning yurtimizga kelib arbitrlik faoliyati bilan shug‘ullanishiga ruxsat bermaydi. Vaholanki, «Toshkent Citi» brendini kuchaytirish uchun chet ellardan nomi chiqqan kuchli arbitrlarni kezi kelganda yurtimizga jalb qilishdan katta foyda bor. Ushbu muammolarning fundamental yechimi sifatida hozirda hukumatimizda «Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi muhokama qilinmoqda va umid qilamizki, ushbu qonun parlamentga kiritilib, qabul qilinadi hamda yurtimiz va mintaqamizda arbitraj sohasida muhim ahamiyat kasb etish, Toshkentni haqiqiy manoda arbitraj markaziga aylanishiga yordam beradi.

Aslida, hozirda juda ko‘p shaharlar shunday markaz bo‘lishga intilmoqda – Dehli, Moskva, Ostona, Shanxay, Dubay, Qohira, Istanbul va hokazo. Shu sababli, raqobat muhiti anchagina shiddatli. Albatta, Toshkentning Singapur, Gonkong, Jeneva, London yoki Parij kabi arbitraj sohasidagi global markazlar bilan raqobat qilishi va u yerdagi multi-milliard nizolarni aynan Toshkent shahridagi xalqaro arbitraj markaziga olib kelinishiga erishish – biroz xayoliy masala. Chunki, arbitraj joyining tayinlanishida taraf hisoblangan kompaniyalarning biznes yuritish joylari va ularning hududiy yoki asosiy ofislari joylashgan joy ham katta rol o‘ynaydi. Shunga qaramay, Toshkent shahri eng kamida Markaziy Osiyo yoki MDH davlatlari orasida arbitraj markazi maqomiga da’vo qilishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud deb hisoblaymiz.

Toshkentda rostdan ham bunday imkoniyat mavjudmi?

Ha, Toshkentda bunday imkoniyat bor.

Birinchidan, yaxshi shakllangan xususiy sektordagi yuristlarimiz bor. Chunki, arbitraj sohasining gullab-yashnashi uchun o‘sha sohani yurituvchi malakali kadrlar kerak. Bizda esa bunday kadrlar (ideal holatda bo‘lmasa ham) mavjud.

Ikkinchidan, Toshkentning hududiy joylashuvi diqqatga sazovordir. U mintaqadagi kuchli iqtisodiyotga ega bo‘lgan Ostona, Moskva, Shanxay, Istanbul kabi shaharlarning o‘rtasida joylashgan bo‘lib, Markaziy Osiyda tinch va infratuzilmasi ancha yaxshi rivojlangan shahar hisoblanadi.

Uchinchidan, qo‘shnilarimizning harakatchanligidan ham biroz o‘rnak olsak: Qozog‘iston hukumati mana necha yildirki, Ostona shahrini Islomiy moliya markaziga aylantirish uchun jonini jabborga berib harakat qilayapti, alohida qonunlar qabul qilib, chet eldan kuchli mutaxassislarni qo‘rqmasdan jalb qilmoqda. Shunday ekan, fursatdan foydalanib «Toshkent Citi»ni xalqaro arbitraj maydoniga aylantirishga biz ham bel bog‘lashimiz kerak.

Boshqa tomondan Xitoyning XXI asr g‘oyasi bo‘lgan «Bir makon – bir yo‘l» (One Belt, One Road) loyihasi ham Toshkent uchun katta tarixiy imkoniyatni vujudga keltirmoqda. Xitoyning «Bir makon – bir yo‘l» loyihasini butun dunyo yuristlari intizorlik bilan kutyapti. O‘zbekiston ham shu loyihani bir bo‘lagiga aylanmoqda. Bu loyihaning amalga oshishi yuristlar uchun yangi nizolar va ko‘plab arbitraj keyslar degani – arbitraj ishlarida esa juda katta mabag‘lar aylanadi.

Misol, bir nizo bo‘yicha kattaroq kompaniyaga huquqiy xizmat ko‘rsatgan yuridik firma yuristi sifatida ishlagan, hozirda arbitraj sudyasi professor Robert S. Penning ta’kidlashicha, ikki yil davomida oyiga 500 000 dollardan olib turgan ekan. Ha yarim million dollar, OYIGA! Ikki yilda – bu 12 million dollar degani.

Qisqasi arbitraj ishlari yuristlar uchun juda daromadli. Professorning gapiga ko‘ra, «Bir makon – bir yo‘l» bilan bog‘liq nizolarni hal qilishdan keladigan asosiy foyda-ulushni Gonkong va Singapur arbitraj sudlari olish ehtimoli yuqori ekan, chunki ular Xitoyning iqtisodiy va siyosiy ta’siridan uzoq va neytral pozisiyaga ega – ya’ni ularga nisbatan ishonch yuqori. O‘zbekiston ham bu ulushga da’vogarlik qilsa bo‘ladimi? Bizda ham arbitraj sudlari rivojlanishi uchun huquqiy asoslar tayyorlanayapti. Ishonamizki, O‘zbekistonda xalqaro keyslarni hal qila oladigan yuqori toifali arbitrlar ham topiladi. Geografik jihatdan ham O‘zbekiston Gonkong yoki Singapurga qaraganda «Bir makon – bir yo‘l» loyihasida markazroqda joylashgan bo‘lib, sud ishtrokchilari uchun qulay va yaqinroq. Bundan tashqari, O‘zbekiston xalqaro siyosatda ancha mustaqil o‘z pozisiyasiga ega davlat ekanligi ma’lumdir. Bu esa, hal qilinadigan nizolarda O‘zbekistonning xalqaro arbitraj sudlarining xolis bo‘la olishiga qo‘shimcha ishonch uyg‘otadi.

O‘zbekistonda xalqaro artbitrajga yaxshiroq etibor berilsa, kelajakda yuristlarimiz uchun katta daromad manbaiga aylanishi mumkin. Mashhur yuridik firma sifatida nom qozongan «White&Case»ning yurtimizga kelishi ham bu ishning amalga oshishiga ancha katta turtki bo‘ladi va shu bilan birga, yurtimizdagi mahalliy yuridik firmalar uchun xalqaro nizolarni hal etish anchagina arzonga tushadi. Eng so‘nggisi esa, talabalarimiz uchun turli tuman murakkab tijorat nizolarini hal etuvchi yuridik firmalarda malaka oshirishni Toshkentning o‘zida turib amalga oshirish imkonini taqdim etgan bo‘lamiz. Ular, albatta, o‘zlarining kelajakdagi karyeralari uchun London, Parij yoki Gonkongga borib katta xarajatlarga tushishlariga hojat qolmaydi. Bu ham, o‘z navbatida, yuridik ta’lim sifatiga tasir etadi.

«Toshkent Citi»ni xalqaro arbitraj markaziga aylantirish uchun nimalar qilish lozim?

  1. «Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida»gi Qonunni xalqaro me’yorlarga mos holda qabul qilishimiz lozim. Uni muhokama va qabul etish jarayonida Singapur, Gonkong, Fransiya va Dubay kabi muvaffaqiyatga erishgan davlat va shaharlarning tajribasini obdon ko‘zdan kechirish tavsiya qilinadi:
  • Bu sohaning muhimligini tushungan holda, Xitoy Xalq Respublikasining Oliy sudi 2018 yilning iyun oyida Xitoyning ikkita katta viloyatida Xalqaro tijorat sudini tashkil etdi. Eng muhimi, Xitoy Oliy sudi ushbu sudlarga Amerika va Angliya kabi davlatlarda o‘qib kelgan, malakali sudyalar tayinladi. Maqsad esa «Bir makon – bir yo‘l» loyihasi doirasida vujudga kelayotgan nizolarni Xitoydagi ushbu institutlarda ko‘rishishga erishish orqali Xitoyni xalqaro tijorat nizolarini hal etishdagi xalqaro mavqeini yuksaltirishdan iboratdir.
  • 2018 yilning boshida esa Hindiston hukumati parlamentga «Yangi Dehli Xalqaro arbitraj markazi to‘g‘risida»gi Qonunini taqdim etdi va eng muhimi, ushbu markazni davlat darajasidagi muhim institut maqomini berdi. Maqsad esa Gonkong va Singapurga borib nizolarini hal etayotgan hindistonlik va chet ellik ishbilarmonlarni Yangi Dehlidagi markaz xizmatidan foydalanishga jalb etish.
  • 2008 yilda esa Dubay Xalqaro moliya markazi Angliyadagi London Xalqaro arbitraj markazi bilan qo‘shma markazni tashkil etdi va uning asosi sifatida 2008 yilda yangilangan «UNCITRAL»ning Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risidagi model qonunini asos qilib oldi. Maqsad esa, Dubayni xalqaro tijorat arbitraji va mediasiya bo‘yicha mintaqaviy habga aylantirish.
  1. Toshkentdagi Xalqaro arbitraj markazi uchun poytaxtimizdagi eng zamonaviy va qulay joydan bino ajratilishi, doimiy kotibiyat va tomonlarning muzokara va muhokama o‘tkaza olishlari uchun xonalar yetarlicha bo‘lishi lozim.Bundan tashqari, viloyatlar va xorijiy mamlakatlardan turib onlayn tarzda videokonferensiya o‘tkaza olish uchun eng so‘nggi rusumdagi AKT taqdim etilishi juda zarur. Bu holat tomonlar uchun xarajatlarni katta miqdorda tejalishiga olib keladi.
  • Hukumat nizolarni muqobil hal etishga ixtisoslashgan institutlarni moliyaviy tomondan qo‘llab-quvvatlashi lozim. Bunga Avstraliya hukumatining yetarli yordamini ololmagan arbitraj institutlarining qanday qilib Singapurga arbitraj hab sifatida yutqazib qo‘yganligi yorqin misol bo‘la oladi. Qiziq tarafi, bunday inqirozni bugungi kunda Yaponiya ham boshdan kechirmoqda va juda kech bo‘lsa ham, bu yildan boshlab Yapon hukumati xalqaro arbitraj markazini Tokioda ochish bo‘yicha chora-tadbirlarni boshladi.
  1. Chet ellik huquqshunoslarni yurtimizda yuridik xizmat ko‘rsata olishi uchun ularga soliq imtiyozlari berilishi va viza tizimi soddalashtirilishi lozim. Sababi bir tomon agar MDH davlatlaridan boshqa mamlakatdan kelgan bo‘lsa, ko‘pincha ingliz tilida muomala qilishni afzal ko‘rishi mumkin. Bunday holatlarda esa, ingliz tilini mukammal biluvchi va arbitraj sohasida tajribaga ega, yoki yana ham muhimrog‘i, Toshkentning obro‘sini ko‘taruvchi dunyoga tanilgan arbitr bo‘lishi talab etiladi. Singapur davlati tajribasi bunga yorqin misol bo‘la oladi:
  • Ba’zi bir shartlar asosida, Singapurda 2002 yildan to 2020 yilgacha bo‘lgan muddatda rezident bo‘lmagan (Singapurda doimiy yashamaydigan) arbitr(hakam)lar tomonidan topilgan daromad soliqqa tortilmaydi. Ushbu holat Singapurning xalqaro arbitrajga oid qonunchiligi asosida arbitr sifatida faoliyat ko‘rsatuvchi barcha norezidentlarga tadbiq etiladi.
  • Arbitraj xizmati ko‘rsatuvchilar uchun ishlash vizasining istisno qilinishi: bunda, arbitraj xizmatini ko‘rsatuvchi chet ellik huquqshunos yoki mutaxassis 90 kungacha Singapurda ishlash vizasisiz qolishi mumkin. Yagona talab etiladigan holat bu – Mehnat vazirligiga elektron xabar jo‘natish orqali qisqa muddatli tashrif ruxsati olish xolos.
  • Singapur, Gonkong, Parij yoki Londondagi global markazlar bilan birgalikda hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va u yerdagi kuchli mutaxassislarni vaqti-vaqti bilan yurtimizga taklif etib, konferensiya va simpoziumlar uyushtirish orqali arbitraj institutini yoyishga erishish.
  1. Xalqaro tijorat arbitraji va mahalliy sudlar orasida do‘stona muhitni («Arbitration friendliness») shakllantirish talab etiladi. Buni esa yurtimizning Oliy sudi va Adliya vazirligi yordamisiz amalga oshirish amri mahol. Arbitraj uchun do‘stona muhit agar o‘sha davlatning mahalliy sudlari arbitraj bitimining haqiqiyligini qo‘llab-quvvatlab, chet el yoki yurtimizdagi arbitraj institutlari tomonidan chiqarilgan qarorlarning ijrosini tushunarsiz mavhum sabablar bilan rad etmasagina ro‘yobga chiqarish mumkin. Buning uchun esa avvalo, sudyalarimizning arbitrajga nisbatan qarashlarini o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. Agar ular arbitraj institutlarini o‘zlariga dushman emas, balki tobora o‘sib borayotgan nizolarni yechishning muqobil turi va o‘z ish yuklarini yengillatuvchi yordamchi institut sifatida ko‘rsalar, har ikki tomon uchun ajoyib natija yuzaga keladi.

Parij, Jeneva, London, Gonkong va Singapurdagi xalqaro markazlarga nega yiliga yuzlab yoki minglab o‘ta qimmat nizoli ishlar kelishining asosiy sababi ham, u yerdagi mahalliy sudlarning xalqaro arbitraj ishlariga nisbatan o‘ta iliq munosabat (pro-enforcement regime)da bo‘lishi yotadi. Misol uchun, Singapurdagi sudlar chet el arbitraj institutlari tomonidan chiqarilgan qarorlarni ijro etishni bekor qilish yoki rad etish bo‘yicha mumkin qadar qaror chiqarishmaydi. Bu ham yetmaganidek, iloji boricha arbitraj bitimining haqiqiyligini tan olish chorasini ko‘rishadi.

Yurtimizda ham shunday holatning yuzaga kelishi uchun quyidagilar taklif qilinadi:

  • Ommaviy tartib: Nyu-York Konvensiyasi 5-modda, 2-qismidagi «ommaviy tartib» (public policy) nima ekanligi bo‘yicha Oliy sud aniq sharh berishi va shu orqali yurtimizga investisiya qilmoqchi bo‘lgan yoki yurtimizdagi firmalar bilan ishlamoqchi bo‘lgan chet ellik hamkorlarda mamlakatimiz sudlari va ularning arbitraj qarorlariga nisbatan do‘stona kayfiyatda ekanliklariga oid ishonch tuyg‘usini uyg‘otishlari lozim.
  • Tanlanadigan huquq: Yangi qabul qilinadigan qonunda taraflar uchun keng erkinliklar berilishi, xususan, tanlanadigan huquq (choice of law) bo‘yicha respublikamizdan boshqa davlat huquq tizimining tomonlar bitimi uchun erkin tanlanishiga erishish lozim. Shu bilan birga, yangi qabul qilinadigan qonun va mahalliy boshqa qonun normalari o‘rtasidagi tushunmovchilik iloji boricha kamaytirilishiga erishish lozim.
  • Prosedura: Katta arbitraj ishlarida faktlarni aniqlash uchun tabiiy ravishda juda ko‘p hujjatlar taqdim etiladi. Agar bir tomon chet el mamlakatining rasmiy hujjatini ko‘rsatsa, unda ushbu hujjat O‘zbekiston hududida bo‘lib o‘tayotgan arbitraj uchun qonuniy kuchga ega bo‘lishi uchun avvalo, ushbu hujjat notarial idoralarning rasmiylashtirishidan o‘tishi va qonuniylashtirlishi (legalizasiya) lozim. Bu esa taraflarga juda katta xarajatlar qilishni talab etadi. Bu masalaning ijobiy yechimi esa O‘zbekistonning Chet el ommaviy hujjatlarini qonuniylashtirish talabini bekor qilishga oid 1961 yildagi Gaaga Konvensiyasiga (Hague Convention of 5 October 1961 Abolishing the Requirement of Legalisation for Foreign Public Documents) qo‘shilishi hisoblanadi. Aslida yurtimiz ushbu Konvensiyaga 2012 yildayoq qo‘shilishgan. Biroq, ba’zi bir sabablarga ko‘ra, Belgiya, Germaniya, Avstriya va Gresiya kabi davlatlar bilan yurtimiz o‘rtasida ushbu bitim kuchga kirmagan. Yurtimizga ko‘p investisiyalar ushbu davlatlar orqali kirishini inobatga olgan holda, bitimni ushbu davlatlar bilan ham kuchga kirgizish taklif etiladi.
  • Shaffoflik: Yirik nizolarni yurtimizdagi xalqaro arbitraj institutlarida ko‘rib chiqilishiga erishish uchun mahalliy sudlarimiz, to‘g‘rirog‘i, yuqori instansiya sudlari tomonidan chiqarilayotgan sud qarorlarining shaffofligi muhim ahamiyatga ega. Sababi esa oddiy – chet el va O‘zbekistondagi arbitraj institutlari tomonidan chiqarilayotgan qarorlarning mahalliy sudlar tomonidan majburiy ijrosi qay darajada ta’minlanayotganligini bilish uchun. Sud qarorlari bankini e’lon qilmas ekanmiz, chet ellik investorlarning yurtimizdagi sud tizimi bo‘yicha gumonlarini yo‘qota olmaymiz.

Alisher Umirdinov,
Nagoya iqtisodiyot universiteti (yu.f.d., prof)

Husayn Rajapov,
Kobe universiteti (yu.f.d.)

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Dahshat! Vafot etgan 88 yoshli ayol tobutda hushiga keldi

IDNES.cz нашрининг ёзишича, унинг турмуш ўртоғи 30 май куни тез ёрдам чақириб, хотинида ҳаёт белгилари йўқлигини маълум қилган

Zelenskiy Klichkoning so‘zlaridan so‘ng jiddiy ogohlantirish yubordi

Бу унинг Киев мэри Виталий Кличконинг Киев режими раҳбарини Украинада ҳукм сураётган авторитаризм борасидаги танқидига жавоби бўлди.

BAA bosh murabbiyi muxlislarga murojaat bilan chiqdi

Амирликлар учун жуда муҳим кун ва ажойиб кеча яқинлашмоқда.

Hindiston cho‘kib ketmoqda - yarim milliondan ortiq qurbonlar

Ҳиндистон шимоли-шарқида муссон ёмғирлари сабаб бўлган сув тошқинлари ва кўчкилар қурбонлари сони 36 кишига етди, 550 мингдан ортиқ аҳоли жабр кўрди.

Avstriya Istanbuldagi muzokaralardan so‘ng Zelenskiyning taqdiri dahshatli bo‘lishini bashorat qilmoqda

Россия урушдан олдин этник руслар яшаган ерларни озод қилган ва назорат қилади.

Ukraina yadroviy muvozanatni buzdi

Операция жуда пухта ишлаб чиқилди: украиналиклар дронларни яширинча Россияга олиб кирган

Ukrainalik desantchilar rossiyalik harbiylarni asirga oldi

"Россия Федерацияси ҳудудидаги ўз бўлинмаларида уларга нисбатан шафқатсиз муносабат, руҳий тазйиқ ва таҳдидлар қўлланилган," - дейилади хабарда.

Ukrainaning "Pautina" amaliyoti: Putinning yadroviy samolyotlari dronlar bilan yo‘q qilindi

2025 йил 1 июнь куни Украина Хавфсизлик хизмати (СБУ) томонидан амалга оширилган “Паутинa” номли махсус амалиёт доирасида Россиянинг икки муҳим стратегик ҳаво базаси дронлар орқали ҳужумга учради.

Tanishing: yangi "Dunyo go‘zali" (FOTOGALEREYa)

Бу галги “Дунё гўзали” танловининг ғолиби таиландлик Сучата Чуангсри бўлди, деб хабар беради расмий сайт. Бу унвон учун 108 нафар иштирокчи кураш олиб борди.

Toshkent shahar IIBB jiddiy ogohlantiradi!

Ички ишлар бош бошқармаси телеграмдаги саҳифасида янги мурожаат эълон қилди.

Go‘zallik malikasi 9 oyga qamaldi

Бу ҳақда Need To Know (NTK) нашри хабар бермоқда.

Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov jinoyat sodir etgani haqida xabarlar tarqaldi

Хабарларда ҳолат вояга етмаган шахсга нисбатан қилингани айтилган.

Markaziy Osiyo xalqlari uchun Rossiya endi qiziq emas

Марказий Осиёдан Россияга келаётган меҳнат муҳожирлари сони сезиларли даражада камайди.

Hokim o‘rinbosari o‘zini yoqib yubordimi?

Ижтимоий тармоқларда Яккабоғ тумани ҳокими ўринбосари ўзини ёқиб юборгани ҳақида хабар тарқалди.

Ortiqxo‘jayev yangi lavozimda ish boshlagani aytilmoqda

Тарқалган хвбврлврга кўра, Жаҳонгир Ортиқхўжаев Ўзбекистон корпоратив спорт ассоциацияси расининг биринчи ўринбосари сифатида иш бошлаган.

BAA - O‘zbekiston o‘yinini qaysi telekanallar orqali tomosha qilish mumkin?

Ўйин Тошкент вақти билан 21:00да старт олади.

Tarixiy natija! O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatida!!!

Ҳозиргина ЖЧ-2026 саралаш доирасида БАА — Ўзбекистон ўйини якунланди.

Rossiyaning zarbalari tufayli Ukrainaning Sumi viloyatidan 8 mingga yaqin bola evakuasiya qilindi

Бу ҳақда Шарқий Европа ҳисобот бюросига вилоят ҳарбий бошқармаси бошлиғи Олег Григоров маълум қилди .

BAAga «kiritilmayotgan» o‘zbekistonliklar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi

Сўнгги кунларда ижтимоий тармоқларпда Бирлашган Араб Амирликлари ҳудудига киришда Ўзбекистон фуқаролари дуч келаётган қийинчиликлар, хусусан, халқаро аэропортларда узоқ давом этган текширувлар туфайли фуқароларнинг ушбу аэропортларда узоқ вақт қолиб кетаётгани ҳақида хабарлар кўпайди.

"Andijon" fan-klubining 200 nafar muxlisi BAAga uchib ketdi

Ушбу учрашувдаги дуранг ёки ғалаба терма жамоамизга ЖЧ йўлланмасини кафолатлайди.

Toshkent viloyatida eshak go‘shtini sotganlarga 2 yil qamoq jazosi tayinlandi

Оҳангаронда тезкор тадбир пайтида 23 бош тирик ва 15 бош сўйилган эшак аниқланди.

GHF guruhi G‘azoda yordam joylarini ikkinchi kun ham yopiq qoldirdi

Исроил ва АҚШ томонидан қўллаб-қувватланадиган GHF ташкилоти Ғазодаги ёрдам тарқатиш нуқталарини иккинчи кун ҳам очмаслигини эълон қилди. Бу қарор фожеали ҳужумлардан сўнг қабул қилинди.

Erondan Naxchivon orqali Turkiyaga ketayotgan yuk mashinasidan katta partiya marixuana topildi

Ҳозирда мазкур ҳолат юзасидан тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Tramp 12 mamlakat fuqarolariga AQShga kirishni taqiqladi

"Бизга зарар етказмоқчи бўлганларнинг мамлакатимизга киришига йўл қўймаймиз", деди Трамп.

Mask X ijtimoiy tarmog‘ida Trampning yangi qonun loyihasiga qarshi kurashmoqda

Ушбу қонун лойиҳаси федерал харажатларни ва АҚШ давлат қарзини янада оширишни назарда тутади. Маск эса бошидан харажатларини 2 баравар камайтириш тарафдори эди.

Bayden prezidentlik davridagi imzolari uchun tergov qilinadi

АҚШ президенти Доналд Трамп собиқ президент Жо Байденнинг руҳий саломатлиги яширилгани ва автокалам орқали қарорлар имзолангани ҳақида тергов ўтказишни буюрди. Байден эса бу айбловларни рад этиб, барча сиёсий қарорлар шахсан ўзи томонидан қабул қилинганини билдирди.

Isroil 2024 yilda 14 mlrd dollarlik harbiy shartnomalar tuzgan

Ғазодаги урушга халқаро танқидлар кучайиб бораётган бир пайтда, Исроил 2024 йилда тарихдаги энг йирик мудофаа шартномаларини — қарийб 15 млрд долларлик келишувларни имзолади. Келишувларнинг ярмидан кўп қисмини Европа давлатлари ташкил этди.

Hindistonning yetti shtatida kuchli yomg‘ir, suv toshqini va ko‘chkilar oqibatida 44 kishi halok bo‘ldi

Мамлакатнинг шимоли-шарқида 29-майдан бери ёғингарчилик давом этмоқда.

Tramp Isroilga G‘azodagi genosidni davom ettirish uchun ruxsat berdi(mi)?

АҚШ шу тариқа Ғазода инсониятга қарши содир этилган жиноятларни қўллаб-қувватлашини очиқ тасдиқлаган.

Samarqanddagi transformatorda yong‘in chiqdi

Шунга кўра, 1 та ёнғин қутқарув экипажлари жалб қилиниб, воқеа жойига соат 14:31 етиб бориб, амалий ёрдам кўрсатилди.

Kanada immigrasiya qonunlarini yanada murakkablashtirmoqda

Канада ҳукумати мамлакатда ноқонуний миграция ва жиноят оқимини чеклаш мақсадида янги, қаттиқроқ миграция қонун лойиҳасини тақдим этди. Унга кўра, бошпана сўровлари чекланиши ва миграция аризаларини кўриб чиқиш вақтинча тўхтатилиши мумкин.

Tramp: «Si Jinping bilan kelishuv qilish juda qiyin»

АҚШ ва Хитой савдо бўйича келишувига эришолмаслиги мумкин. Доналд Трамп Си Жинпингни «жуда қаттиқ» ва келишувга бориши қийин етакчи деб атади. Бу айниқса камёб металллар экспортидаги баҳслар фонида содир бўлмоқда.

NATO Yevropa davlatlarini havo mudofaasini besh barobar kuchaytirishga chaqirdi

НАТО Европа мамлакатларини Россия хавфига жавобан қитъадаги ҳаво мудофааси имкониятларини беш баробар оширишга чақирди. Бу ҳақда Bloomberg агентлиги хабар берди.

Hindistonda noma’lum yirtqich hujumi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

NDTV телеканали хабарига кўра, Мадҳя-Прадеш штатида содир бўлган ҳодиса оқибатида ўндан ортиқ киши жароҳат олди, яна 6 киши ҳалок бўлди.

18 yil oldin yo‘qolgan 3 yoshli qizaloq qaytadan qidirilmoqda

Ўша пайтда у уч ёшда эди. Ҳодиса содир бўлган кечаси унинг ота-онаси дўстлари билан кечки овқатда бўлишган, қизалоқ эса меҳмонхона хоналарида уйқуда бўлган. Айни пайтда номаълум шахс уни олиб кетган.

Trampning nabirasiga "kuyov" keldi

"Куёв" кечқурун девордан ошиб ўтган.

Pokistonda zilzila paytida 200 dan ortiq mahkum qamoqxonadan qochib ketdi

Reuters агентлигининг хабар беришича, Покистоннинг Карачи шаҳрида жойлашган Малир қамоқхонасидан камида 216 маҳкум зилзила сабабли эвакуация пайтида қочиб кетган.

Fransiyada erkak masjiddan Qur’on o‘g‘irlab, uni eshik oldida yoqib yubordi

Бу ҳақда 3 июнь куни Рона департаменти масжидлари кенгаши сайтида хабар берилди.

Toshkentda 19 yoshli yigit osilgan holda topildi

Ҳозирда мазкур ҳолат юзасидан Яшнобод тумани прокуратураси томонидан терговга қадар текширув ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Rossiyada World of Tanks o‘yinini yaratgan kompaniya milliylashtirildi — OAV

Россиянинг энг йирик IТ-ассоциациялари президент Владимир Путинга мурожаат билан чиқиб, бу ҳолат компанияни тортиб олишга уринишга ўхшашини айтган, бироқ бу мурожаат жавобсиз қолган.

Россияда World of Tanks ўйинини яратган компания миллийлаштирилди — ОАВ

Россиянинг энг йирик IТ-ассоциациялари президент Владимир Путинга мурожаат билан чиқиб, бу ҳолат компанияни тортиб олишга уринишга ўхшашини айтган, бироқ бу мурожаат жавобсиз қолган.

Германияда Иккинчи жаҳон уруши даврига тегишли портламаган бомбалар сабабли аҳоли эвакуация қилинмоқда

Deutsche Bahn темирйўл компанияаи поездлар ҳаракатида чекловлар бўлишини эълон қилди. Бу кўплаб минтақавий темирйўл йўналишлари ҳамда халқаро рейсларга таъсир қилади.

Тошкент вилоятида 24 ёшли қиз ўлик ҳолда топилди

2025 йил 10 май куни Қибрай тумани "Ботаника" МФЙ Ботаника Вир кўчаси 65-уйда яшовчи 24 ёшли қиз ўз уйидан номаълум томонга чиқиб кетиб, бедарак йўқолган.

Қрим кўпригида ҳаракат тикланди

Ҳозирча расмийлар Қрим кўпригига шикаст етгани ҳақидаги хабарларга муносабат билдиргани йўқ.

Россия Украинанинг Суми, Одесса, Харков ва Херсон вилоятларига дронлар билан ҳужум қилди

Херсон вилоятида эса бир киши ҳалок бўлган, яна 13 киши яраланган

Нигерияда сув тошқинлари оқибатида 200 дан ортиқ киши ҳалок бўлди

Сув тошқинлари минтақада сўнгги 60 йил ичида содир бўлган энг ёмони деб таърифланган.

Исроил халқаро изолятсияга тушиши мумкин

Бу ҳақда Блоомберг агентлиги хабар бермоқда.

АҚШ қурол захираларини мисли кўрилмаган даражада тўлдирмоқда

Трамп қуролли кучлар захиралари тарихда кузатилмаган даражада тўлдирилаётганини маълум қилди. У бу орқали армияни дунёдаги энг кучли кучга айлантиришни мақсад қилганини таъкидлади.

«Disney» дунё бўйлаб яна юзлаб ходимларини қисқартирмоқда

«Disney» компанияси бутун дунё бўйлаб кино, телевидение ва молия бўлимларида фаолият юритаётган юзлаб ходимларни ишдан бўшатишини эълон қилди. Бу қарор компания харажатларини қисқартириш режасининг давомидир.

Олимлар Россияда чигирткадан тайёрланган ун билан нон ёпишни таклиф қилмоқда

Жанубий Урал давлат университети муҳандислари озиқ-овқат нархлари ошиб бораётган шароитда оқсилли ундан фойдаланиш йўлини кўрсатмоқда.

Франция қамоқхоналарида жой етишмовчилиги хавотирли даражага етди

Франция қамоқхоналаридаги бандлик даражаси 2025 йил май ойи бошида рекорд даражага етди. Мамлакатдаги қамоқхоналарда тақдим этилган жойлар сонига нисбатан маҳкумлар сони кескин ошиб кетди ва тизимдаги муаммолар яна бир бор кўзга ташланди.

Хорижда маъшуқасини қасддан ўлдириб, ертўлага кўмган шахсга суд ҳукми ўқилди

«Тўрт йил давомида Россия Федерациясида ноқонуний равишда яшаб келаётгани машъуқасининг қотилиги айланган М.А.га нисбатан Жиноят ишлари бўйича Вобкент тумани суди ҳукми билан 11 йил қамоқ жазоси қўлланилди. Тайинланган жазони умумий тартибли колонияларда ўташи белгиланди»,-деди Феруз Шаропов.

Халқаро қидирувдаги ўзбекистонлик АҚШдан экстрадиция қилинди

Халқаро қидирувда бўлган Ўзбекистон фуқаросининг АҚШдаги яшаш манзили аниқланиб, Ватанга қайтариб келинди.

Италияда Этна вулқони яна "уйғонди"

Минтақа ҳудудида ҳаво транспорти учун хавфнинг қизил даражаси эълон қилинган. Шу билан бирга, маҳаллий Катания аэропорти штат режимида ишлашда давом этмоқда.

Колорадода Исроил тарафдорларининг тинч намойишига ҳужум уюштирилди

Ҳужумни амалга оширган шахс воқеа жойида қўлга олинди. У Эль-Пасо округида яшовчи Миср фуқароси

Эрон АҚШнинг ядровий таклифига салбий жавоб тайёрламоқда

“Репорт” хабар беришича , бу ҳақда Реутерс агентлиги эронлик дипломатга асосланиб хабар берди.

АҚШга Мексика орқали ноқонуний кирганлар жиноий жавобгарликка тортилади

АҚШ Миграция хизмати 28 май куни мамлакат чегараси ва миграция сиёсатига оид муҳим ўзгаришларни эълон қилди. Янги тартибларга кўра, Мексика орқали АҚШга ноқонуний йўл билан кирган фуқаролар жиноий жавобгарликка тортилади ва депортация қилинади.

Ўзбекистонда Қурбон ҳайити намозини ўқиш вақтлари эълон қилинди

Юртимиздаги жоме масжидларда 2025 йил 6 июнь жума куни Қурбон ҳайити намози ўқилади.

Қашқадарё, Жиззах вилоятлари ва Тошкент шаҳрида қалбаки акциз маркали алкоголь маҳсулотларининг савдоси фош этилди

Мазкур ҳолатлар юзасидан Жиноят кодексининг тегишли моддалари билан жиноят ишлари қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда.

Брянск вилоятида поезд ҳалокати туфайли жабрланганлар сони 104 нафарга етди

Брянск вилоятининг (Россия Федерацияси) Вигоничский туманида поезд устига кўприкнинг қулаб тушиши оқибатида жароҳатлаганлар сони 104 нафарга етди, деди вилоят губернатори Александр Богомаз.