SMTI direktori: O‘zbekiston va Ozarbayjon mintaqalararo yaqinlashuvning lokomotivlari bo‘lishi mumkin

SMTI direktori: O‘zbekiston va Ozarbayjon mintaqalararo yaqinlashuvning lokomotivlari bo‘lishi mumkin


Bokuda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori Eldor Aripov boshchiligidagi mutaxassislar “O‘zbekiston va Ozarbayjon: o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari” mavzusiga bag‘ishlangan Ekspertlar kengashi ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etdi.
Ushbu davlatdagi elchixonamiz ko‘magida SMTI hamda Ozarbayjon Xalqaro munosabatlar tahlili markazi (XMTM) bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda mezbon tomondan Raqamli rivojlanish va transport vazirligi, Muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalari davlat agentligi, «STEM» tahliliy markazi, Boku davlat universiteti rahbariyati va ekspertlari ham ishtirok etdi.
Respublikamiz delegasiyasi tarkibida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda “IT-Park Uzbekistan” vakillari bor edi.
Agrosanoat kooperasiyasi, “yashil” energetika, raqamlashtirish, transport va ta’lim sohalaridagi sheriklikning bugungi holati, munosabatlarni yanada rivojlantirish istiqboli muhokamasi kun tartibi asosini tashkil qildi.

SMTI direktori Eldor Aripov Toshkent va Boku o‘rtasidagi aloqalarning yuksak darajasini ta’kidlab, bu jarayonni “ikki do‘st, qardosh davlat hamkorligining yorqin namunasi” deb atadi.
Ekspert so‘nggi uch yilda aloqalar davlatlararo sheriklikning eng yuqori darajasiga ko‘tarilganiga e’tibor qaratdi. “Qisqa vaqt ichida erishilgan bunday sur’at xalqaro tajribada kamdan-kam uchraydigan hodisa,” - dedi institut rahbari.
Mazkur natijalar ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi, qat’iyati tufayli amalga oshganiga urg‘u berildi:
– Rahbarlar o‘rtasidagi muntazam muloqot, o‘zaro shaxsiy va ishonchli munosabat barcha darajadagi aloqalarni faollashtirdi. 2017 yildan buyon turli darajadagi delegasiyalarning 150 dan ziyod o‘zaro tashrifi amalga oshirilgani bunga yaqqol misol.
Iqtisodiy hamkorlik jadal rivojlanganiga alohida e’tibor qaratgan E.Aripovning ta’kidlashicha, so‘nggi 8 yil ichida o‘zaro savdo hajmi 8 barobar, qo‘shma korxonalar soni esa 5 barobar oshgan.
O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi yaqinlashuvning kelgusi istiqbolini tahlil qilarkan, ekspert Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazdagi transformasiya jarayoni o‘xshashligini aytib o‘tdi:
– Ilgari Markaziy Osiyo davlatlari suv va yer masalasida hal qilinmagan ziddiyatlar tufayli “Evrosiyo Bolqoni” deb atalgan bo‘lsa, bugungi kunda mintaqa tobora jipslashib, ichki mintaqaviy integrasiyani kuchaytirib, mintaqaviy sub’ekt maqomiga ko‘tarilmoqda. Endilikda vaziyat o‘zgarayotgan Janubiy Kavkazda ham biz mamlakatlarning uzoq vaqt davomida mintaqa taraqqiyotini to‘xtatib turgan asosiy muammolarni bartaraf etish bo‘yicha faol sa’y-harakatni ko‘ryapmiz. Bunday shart-sharoit Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz sherikligi ko‘lamini kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Xalqaro munosabatlar tahlili markazi boshqaruvi raisi Farid Shafiyev Ozarbayjon – O‘zbekiston birdamligini e’tirof etib, Toshkent juda qiyin davrda Bokuni tarixiy darajada qo‘llab-quvvatlaganini alohida ta’kidladi:
– O‘zbekiston eng og‘ir yillarda Ozarbayjon bilan birga bo‘ldi. Toshkent Bokuga nafaqat so‘z, balki aniq amaliy ishlar orqali ko‘maklashmoqda. Qurilib, allaqachon faoliyat yuritayotgan maktab yurtimizning ozod qilingan hududlarini tiklash yo‘lidagi sa’y-harakatni qo‘llab-quvvatlashga qo‘shilgan haqiqiy hissadir.
Mavzuni davom ettirarkan, F.Shafiyev bunday hamkorlik allaqachon ikki tomonlama doiradan chiqib ketganiga e’tibor qaratdi:
– Sherikligimiz Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazdagi jarayonlarga ta’sir ko‘rsatib, strategik ahamiyat kasb etmoqda. Bu jarayonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi siyosat muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aynan O‘zbekiston yetakchisining tashabbuslari ulkan Kaspiy mintaqasi hamkorligini harakatlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Ko‘p tomonlama hamkorlik mavzusiga to‘xtalarkan, XMTM rahbari davlatlarimiz xalqaro maydonda faol va izchil sheriklik qilayotganini ta’kidladi:
– O‘zaro va o‘ziga xos munosabatlarimiz jadal rivojlanmoqda. Shu nuqtai nazardan yaqinda Ozarbayjonda o‘tkazilishi kutilayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida aloqalar yanada muvofiqlashtirilishi shubhasiz.
Ekspert Markaziy Osiyodagi ijobiy o‘zgarishlarni yuqori baholadi:
– Bugun mintaqadagi integrasiya jarayoni yangi bosqichga ko‘tarildi. Har ikki mintaqada mavjud bo‘lgan ba’zi mojarolar o‘tmishda qoldi. Ushbu jarayonlarda O‘zbekiston rahbarining o‘rni hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.

Respublikamizning Ozarbayjondagi Favqulodda va muxtor elchisi Bahrom Ashrafxonov ko‘p qirrali va samarali hamkorlik bugungi kunda o‘zaro manfaatlar asosida rivojlanayotgani, azaliy do‘stlik va birodarlik sheriklikni izchil chuqurlashtirish yo‘lida ishonch bilan davom etish imkonini beruvchi mustahkam poydevor ekaniga urg‘u berdi.
– Transport va logistika sohasidagi hamkorlik alohida sur’at kasb etmoqda, – deya ta’kidladi Elchi. – O‘zbekiston va Ozarbayjon buni iqtisodiy o‘sishning hal qiluvchi omili sifatida ko‘rib, keng qamrovli transport yo‘laklari tizimini yaratishga birgalikda intilish tarafdori. Shu sababli, transport aloqalarini rivojlantirish borasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish munosabatlar kun tartibida tobora muhim o‘rin egallamoqda.
Bokuga tashrifi davomida SMTI rahbariyati Nizomiy Ganjaviy xalqaro markazi ijrochi kotibi Rovshan Murodov bilan ham uchrashdi. Suhbat chog‘ida tomonlar o‘zaro hamkorlik istiqbolini muhokama qildi.

Mezbon mulozim mehmonlarni buyuk shoir Ganjaviy ijodiy merosini asrab-avaylash va targ‘ib qilish yo‘lida olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirdi. Zero, ushbu adibning falsafasi, uyg‘unlik, adolat, inson qadr-qimmatini e’zozlashga qaratilgan g‘oyalari hozirgi davrda ham dolzarb bo‘lib, kishini chuqur mushohada yuritishga undaydi.
Muloqot davomida R.Murodov O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi o‘sib borayotgan nufuzini yuqori baholab, Toshkent mintaqaviy transformasiya jarayoniga salmoqli hissa qo‘shayotganini e’tirof etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Toshkentda andijonlik "dostavkachi" yigitni zo‘rlagan 2 nafar ayol qamaldi

31 ёшли С.А. пиццани олиб қўлига доставкачига пул тутқақазади ва уйга таклиф қилади.

Ayollarning pensiya yoshi yana 6 oyga oshirildi

Низом 1 июлдан кучга кирди

Qirg‘izistonda favqulodda holat e’lon qilindi

Офат оқибатларини бартараф этишга жами 76 киши ва 12 техника жалб этилган.

"Manchester Siti" rahbariyati: Bu ikki himoyachi klubda qoladi

"Манчестер Сити" раҳбарияти жамоада икки ҳимоячини олиб қолиш ниятида.

Xato tuzatildi: Bobir Abdixoliqov “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi

Президент Фармони билан бир гуруҳ ёшлар «Келажак бунёдкори» медали билан мукофотланди.

Eldor Shomurodovning yangi jamoasi ma’lum. U Italiyadan ketmoqda

"Рома" ҳужумчиси Элдор Шомуродов Италиянинг "Кремонезе" клубига ўтиши ҳақида хабар тарқалганди.

Eron zarbalarini qaytarishda Isroilga yordam bergan Iordaniyada aroqdan zaharlanib 9 kishi o‘ldi

Бу ҳақда Жамоат хавфсизлиги бошқармаси маълум қилди.

Jahongir Ortiqxo‘jayev Antalyada 550 mln dollarlik loyiha boshlagani ma’lum qilinmoqda

Ўзбек тадбиркори Жаҳонгир Ортиқхўжаев Туркияда 550 млн долларлик йирик инвестиция лойиҳасини амалга оширмоқда. Бу лойиҳа икки давлат ўртасидаги иқтисодий ва маданий алоқаларни янада мустаҳкамлашга хизмат қилмоқда. Ортиқхўжаевнинг фикрича, Ўзбекистон ва Туркия тадбиркорлари ўртасида ишонч ва дўстлик алоқалари юқори.

Lamin Yamal: "Butun dunyo tayyorlansin"

«Барселона» ҳужумчиси Ламин Ямал футболдаги келажаги ҳақида гапирди. Испаниялик футболчи 5 йил ичида бутун дунёни тайёрланишга чақирди.

Rossiyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Бу ҳақда 2 июль куни "Россия Фанлар академиясининг ягона геофизика хизмати" Федерал тадқиқот марказининг Камчатка бўлими "Телеграм"даги каналида маълум қилди.

Mahmud Muradov chexiyalik modelning qo‘lini so‘radi

Ўзбекистонлик собиқ UFC жангчиси иккинчи маротаба уйланиш арафасида.

O‘zbekistonlik yana bir futbolchi "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin

Бу ҳақда Отабек Умаров айтиб ўтди.

Srechko Katanes: "Jahon chempionatida terma jamoadan hech nima kutmanglar"

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.

Abduqodir Husanov «Barsa»ga o‘tishi mumkin — Deku uni «kelajak himoyachisi» deb biladi

Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.

O‘qituvchi ayol Islom Karimov nomidan xat yozib, hokimdan 700 ming dollar so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.

Markaziy Osiyodagi qurg‘oqchilik Rossiya bilan munosabatlarni keskinlashtirmoqda

Марказий Осиё давлатлари Россияни Сибир дарёларидаги сувни баҳам кўришга чақирмоқда

Toshkentda jazirama tufayli svetoforlar eriy boshladi (FOTO)

Ҳарорат аллақачон +52°Cга чиққани айтилмоқда.

Milliy terma jamoamiz darvozaboni O‘tkir Yusupovning Eron klubidagi kelajagi nima bo‘ladi?

Бу ҳақда Uzbekistan Legionaries хабар берди.

"Real"ning yozdagi so‘nggi transferi kim bo‘lishi ma’lum bo‘ldi (foto)

Лиссабоннинг "Бенфика" клуби қанот ҳимоячиси Альваро Каррерас жорий трансфер ойнасида "Реал" сафини тўлдириши кутилмоқда.

Nima uchun AQSh Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin — Peskov javobi

Песков: Украинага қанча кам қурол етказиб берилса, махсус ҳарбий операциянинг тугаши шунчалик яқин бўлади.

Rimdagi portlashda jarohatlanganlar soni 45 kishiga yetdi (video)

Бу ҳақда Rainews24 телеканали хабар берди.

Moskvada Transneft top-menejeri Andrey Badalov o‘lik holda topildi

Давлат нефть корпорацияси Бадаловнинг “тўсатдан ўлими”га бағишланган пресс-релизда унинг раҳбарлигида “қисқа вақт ичида кенг кўламли илм-фанни талаб қилувчи лойиҳалар амалга оширилганини” таъкидлади

Janubiy Koreyada jazirama oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Ҳукумат статистика юрита бошлаган 15 июндан буён иссиқ уришдан азият чекканлар сони 633 нафарга етди.

Isroil askarlari El-Xalilda halok bo‘lgan falastinlik bilan vidolashuv marosimini to‘xtatib qo‘ydi

Исроил армияси Ғарб соҳилидаги Эль-Халил шаҳрида жойлашган хонадонга рейд уюштириб, ҳалок бўлган фаластинлик билан видолашув маросимига халал берди. Марҳум аввалроқ Исроил қамоқхонасидан озод этилган ва кейинроқ Ғаза секторидаги Исроил бомбардимони оқибатида ҳалок бўлган эди.

Toshkent viloyatida xotinini kaltaklab o‘ldirgan erkakka sud hukmi o‘qildi

Тошкент вилоятининг Оққурғон туманида турмуш ўртоғининг ўлимига сабаб бўлган эркак суд ҳукми билан узоқ муддатга қамалди.

Shavkat Mirziyoyev Isroil — Falastin ziddiyati haqida gapirdi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 4 июль куни Хонкенди шаҳрида Иқтисодий ҳамкорлик ташкилотининг 17-саммитида иштирок этди.

Surxondaryoda keksa ayol o‘z uyida o‘ldirib ketildi

Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 97-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилиб, уни фош этиш чоралари кўрилмоқда.

Chexiyada o‘q-dorilar saqlanadigan joy issiqdan portlab ketdi

Ёнғинни ўчириш учун самолётлардан фойдаланган ҳолда 12 та ўт ўчириш бўлими сафарбар этилган.

Rossiya harbiy-dengiz floti bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Kurskda halok bo‘ldi

Вазирликка алоқадор “Звезда” телеканалида берилган хабарда айтилишича, Гудков 2 июл куни Курск областининг чегара ҳудудларидан бирида жанговар вазифаларни бажариш чоғида ҳалок бўлган.

Ikki o‘zbekistonlik AQShga noqonuniy muhojirlarni olib kirishda ayblanyapti

Икки Ўзбекистон фуқароси молиявий даромад олиш мақсадида АҚШга ноқонуний муҳожирларни олиб киришда айбланмоқда.

BMT maxsus ma’ruzachici: Isroil zamonaviy tarixdagi eng shafqatsiz genosidlardan birining mas’ulidir

Бу ҳақда БМТнинг оккупация қилинган фаластин ҳудудларида инсон ҳуқуқлари ҳолати бўйича махсус маърузачиcи Франческа Альбанезе билдирди.

Moskva markazida ichida FSB xodimlari bo‘lgan mashina portlab ketdi

Маълумотларга кўра, аёл фавқулодда хизмат ходимлари етиб келгунга қадар олов эгаллаб олган машина ичида отасини чиқариб олишга муваффақ бўлган.

"Qamchiq" dovonida yuk mashinasi yong‘in chiqdi

Ҳозирда ёнғин сабаби ва моддий зарар миқдори аниқланмоқда.

Yaponiyada bir yarim hafta ichida deyarli 900 ta zilzila sodir bo‘ldi

Ҳудуд қарийб икки ҳафтадан бери кучли силкинишлардан азият чекмоқда.

Inson huquqlari himoyachilari yana bong urdi

Исроил Ғазо сектори аҳолиси, хусусан, болаларни атайин оч қолдирмоқда, яъни очликдан қурол сифатида фойдаланмоқда. Defence for Children International ва Doctors Against Genocide ташкилотлари томонидан эълон қилинган “Бутун авлодларнинг оч қолдирилиши” ҳисоботида шундай хулоса илгари сурилган.

Avval o‘zi hibsga olindi, endi kompaniyasi musodara qilinmoqda...

Арманистон суди уни “ҳокимиятни эгаллаб олишга чақиришда” айблаб ДХХ қамоқхонасига жойлаштирди. Шу вақтнинг ўзида унга тегишли бўлган "Арманистон электр тармоқлари" (АЭТ) компаниясини миллийлаштириш бошланди.

Turkiyada erkak kana tufayli o‘rmonga o‘t qo‘ydi

Туркияда кана туфайли 12 гектар ўрмонга ўт қўйган эркак ҳибсга олинди.

Surxondaryoda yirik hajmli quvur yorilib ketdi

Дарҳол 3 та насос агрегати фаолияти тўхтатилган ва таҳлил бригадаси тезкор тадбирлар кўрган.

“Sputnik Ozarboyjon” bosh muharriri va uning o‘rinbosari to‘rt oyga hibsga olindi

Маълумотларга кўра, Картавих ва Белоусовдан ташқари яна беш киши жиноий жавобгарликка тортилган, лекин уларнинг исми ошкор этилмаган.

Hindistonda farmasevtika zavodi portladi

Фавқулодда вазият вақтида заводда жами 150 киши бўлган.