Toshkentlik avtoritet "Shuhrat Do‘mbrobod" ustidan bo‘lib o‘tayotgan yopiq sud to‘satdan to‘xtatildi. Sababi...

Toshkentlik avtoritet "Shuhrat Do‘mbrobod" ustidan bo‘lib o‘tayotgan yopiq sud to‘satdan to‘xtatildi. Sababi...

8 may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi Zafar Nurmatov Shuhrat Do‘mbrobod laqabi bilan mashhur bo‘lgan Shuhratulla Nosirovga nisbatan olti oy muqaddam boshlangan yopiq sud jarayonini vaqtincha to‘xtatish haqida qaror chiqardi.

Bu haqda 15 may kuni yopiq sud jarayonida ishtirok etgan ayblanuvchining yaqinlari hamda guvohlar ma’lum qildi, deb yozmoqda centralasian.org.

Suhbatdoshlardan biri ma’lum qilishicha, Zafar Nurmatov prokuror Baxtiyor Samukovning sudya hamda uning maslahatchilariga bildirgan ishonchsizligi sabab ishni vaqtincha to‘xtatishga majbur bo‘lgan.

62 yoshli Shuhrat Do‘mbrobod nomi bilan mashhur Shuhrat Nosirov vijdon erkinligini buzish, tovlamachilik, hujjatlarni o‘g‘irlashda, uning 63 yoshli akasiSHavkat Nosirov esa talon-taroj va poraxo‘rlikda ayblanmoqda.

Shuhrat Nosirov va uning akasi ustidan sud ishi o‘tgan yilning 10 dekabrida ochilgan edi.

Yopiq sud jarayonida qatnashgan guvohlardan birining so‘zlariga qaraganda, Nosirovning akasiga sud hukmi o‘qilish arafasida prokuror Baxtiyor Samukov kutilmagan tarzda sud kengashiga ishonchsizlik bildirgan.

- Sud prokurorning bu kutilmagan qaroridan hayron bo‘ldi. Sudya shu zahotiyoq ajrim chiqarib ishni yakunladi va uni Oliy sudga yuborishdi, - deydi guvohlardan biri.

Ayblanuvchilarning qarindoshlaridan biri aytishicha, prokurorning ishonchsizlik bildirishiga sudyaning takroriy ekspertiza o‘tkazishni rad etgani sabab bo‘lgan.

- Prokuror birinchi tergovni qayta tiklashni so‘radi. Shundan so‘ng sud maslahatxonaga kirib ketdi. Qaytgach esa prokurorning iltimosini rad etdi. Shundan so‘ng prokuror qayta ekspertiza qilishni talab qildi, lekin sudya bu murojaatnomani bajarishdan bosh tortdi. Shundan so‘ng prokuror o‘rnidan turib, sudyaga shunday murojaat qildi: Siz ilgari sanksiyalar bo‘yicha apelyasiyalarda qatnashgansiz, sizning betarafligingizga shubham bor . Shundan so‘ng sudya prokurorning sudyalar kengashini o‘zgartirish haqidagi talabini qabul qildi, - deydi guvohlardan biri.

Shuhrat Nosirovning kelini Shahnoza Nosirova sud hukmining e’lon qilinishini to‘satdan bu tarzda to‘xtatish shubhali deb hisoblamoqda.

- Sudya qaynotamni panjara ortiga jo‘natish uchun sabab yo‘qligi haqida aytayotgan edi. Shuning uchun prokuror sudga ishonch bildirmadi. Sud maslahatchilar xonasiga kirib chiqdi, sudya esa prokurorning protestini rad etdi. U hukmni o‘qimadi. Hamma sudyaning mening qaynotam va akalariga qarab aytgan so‘nggi so‘zlarini eslab qoldi. Hammaning oldida vijdonim toza! dedi va yig‘ilish xonasidan chiqib ketdi. Bularning barchasi sudya aka-uka Nosirovlarni oqlashni istaganini tasdiqlaydi, lekin bunga uning kuchi yetmadi. Shubhasiz, qayerdandir bosim o‘tkazishayotgani ko‘rinib turibdi, - dedi Nosirovning kelini.

Avvalroq, sud ishtirokchilari Shuxrat va Shavkat Nosirovga prokuror Baxtiyor Samukov besh yildan qamoq jazosi so‘ganai to‘g‘risida ma’lum qilishgan edi. Advokatlar esa mijozlarining oqlanishini so‘ragan. Aka-uka Nosirovlar o‘zlariga qo‘yilgan barcha ayblovlarni rad etishgan.

Shuxrat va Shavkat Nosirovlar o‘zlarining qarindoshlari Bahodir Sharopovning huquqni muhofaza qilish organlariga yozgan arizasi sabab qo‘lga olingan edi.

Adliya organlaridagi manbaning ma’lum qilishicha, 14 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi aka-uka Nosirovlarning ishini Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo viloyat sudiga jo‘natgan edi. 1994 yilda Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi Shuhratulla Nosirovni uyushgan jinoyatchilikda aybdor deb topib, 15 yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi. Ammo turmada uning jazoni o‘tash muddati bir necha bor uzaytirilgan. Shu sabab Nosirov panjara ortida 23,5 yil o‘tirishiga to‘g‘ri kelgan.

2016 yilning 18 avgustida Shuhratulla Nosirov jazo muddati tugashi munosabati bilan ozod etildi.

Toshkentliklar Shuhratulla Nosirovni o‘tgan asrning 90-yillarida odamlarga o‘g‘irlangan avtomobillarini topishda yordam berganini yaxshi eslashadi.

ca-news.org


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!