Toshkentdagi uchta tumanda “svet” vaqtincha o‘chiriladi

Toshkentdagi uchta tumanda “svet” vaqtincha o‘chiriladi

Toshkentning Bektemir, Uchtepa va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida 2 aprel kuni “svet” vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bunga iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlari sabab bo‘ladi.

Shu boisdan ertaga, 2 aprel kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi:

  • Bektemir tumani: “Abay” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
  • Uchtepa tumani: “Zarafshon” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani: “Alisherobod”, “Temuriylar” va “Ijodkor” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

“O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz”, – deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!