Toshkentdagi oilalardan biri og‘ir ahvolda ekanligi ma’lum bo‘ldi

Toshkentdagi oilalardan biri og‘ir ahvolda ekanligi ma’lum bo‘ldi

“IIBB: Aholi bilan muloqot” Facebook-guruhiga kelib tushgan xabarda Toshkent shahrining Mirzo-Ulug‘bek tumanida yashovchi befarq bo‘lmagan ayol qo‘shni uyda yashovchi noxush hayot tarzi kechiruvchi oila haqida xabar berdi. Xususan, aloqaga chiqqan ayol mazkur manzil bo‘yicha yashovchi oila spirtli ichimliklar iste’moliga ro‘jo‘ qo‘yib, uch nafar voyaga yetmagan farzandlariga e’tibor bermasligini ma’lum qildi.

Mazkur xabar Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati xodimlari tomonidan Mirzo-Ulug‘bek tumani IIO FMB 6-son ichki ishlar bo‘limiga tekshiruv uchun yo‘naltirildi. 6-son IIB xodimlari mazkur oiladan xabardor ekanliklarini, ular ilgari ham spirtli ichimliklar ichib, karantin cheklovlari davrida ishsiz qolishganini va moliyaviy qiyinchilikka uchraganliklarini ma’lum qilishdi. O‘sha davrda mazkur oilaga plastik kartochka orqali moddiy yordam ko‘rsatilgan, shuningdek Mirzo-Ulug‘bek tumani IIO FMB xodimlari ularga oziq-ovqat mahsulotlari bilan ham yordam berishgan.

Bugungi kunda er-xotin – 28 yoshli S.G. va 33 yoshli A.M. o‘z sharoitlarini yaxshilashga bor kuchlarini ishga solishgan. Oila ayoli ishga joylashdi, eri esa santexnika ta’miri bo‘yicha xizmat ko‘rsatmoqda. Xodimlar mazkur xonadondan xabar olishganida xonadon ozoda, bolalar (8 yosh, 2 yosh va 6 oylik) issiq kiyinishgan, ularning ota-onalari spirtli ichimliklar iste’molidan bosh tortib, xatolarni o‘nglash yo‘liga o‘tgan edilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!