Toshkentdagi ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 18 avgust kuni soat 01:57 da Toshkent shahar Yashnobod tumani “Vatandosh” MFY Tuzel 2-dahasida joylashgan ko‘p qavatli uyning 1-qavatida atir-upa savdo do‘konining 35 kv.m va uniga tutash bo‘lgan 2 ta MCHJning 15 kv.m maydonda ofis uchun mo‘ljallangan xona jihozlari yonib zararlangan.

Yong‘inni bartaraf etishga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 1 ta avtonarvon jalb etilgan. Ekipajlar hodisa joyiga soat 01:59 da yetib borgan va yong‘in soat 02:10 da o‘chirilgan.

Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida savdo do‘konining 60 kv.m. maydoni, MCHJlarning 90 kv.m. maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Yong‘in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!