Toshkentda Yangi yil archasini bezatish ishlari boshlandi (+foto)

Toshkentda Yangi yil archasini bezatish ishlari boshlandi (+foto)

Respbulikaning bosh archasi o‘tgan yilgi singari Yunusobod tumanidagi "Saylgoh" maydonida o‘rnatilmoqda. Archaning balandligi ham bu yil o‘zgarmaydi - o‘tgan yilgi singari 36 metrni tashkil qiladi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga mutasaddilar.

Toshkentda Yangi yil archasini bezatish ishlari boshlandi (+foto)

Ularning aytishicha, archani to‘liq bezatish ishlari 20 dekabrga qadar yakunlanadi. Shuningdek, tez kunda Xitoydan yangi installyasiyalarning olib kelinishi kutilmoqda.

Toshkentda Yangi yil archasini bezatish ishlari boshlandi (+foto)

"Archaning bo‘yi o‘tgan yilgi singari 36 metr bo‘ladi. O‘yinchoqlar ham o‘tgan yilgi miqdorda bo‘ladi. Pandemiya tufayli bu yil bezak ishlarida katta o‘zgarishlar qilinmadi", - deb xabar qildi archaning bezatish ishlariga mas’ul xodimlardan biri.

Toshkentda Yangi yil archasini bezatish ishlari boshlandi (+foto)

Katta archadan tashqari, har doimgidek, bosh archaning chor atrofiga suratga tushishga ishqibozlar uchun maydaroq archalar ham o‘rnatilmoqda.

Toshkentda Yangi yil archasini bezatish ishlari boshlandi (+foto)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!