Toshkentda yana tez yordam shifokori kaltaklandi (foto)

A A A
Toshkentda yana tez yordam shifokori kaltaklandi (foto)

Ijtimoiy tarmoqlarda shifokor-kardiolog Jahongir Hojiyev o‘zining kaltaklanganiga oid ma’lumotlar qoldirdi.

«Men Toshkent shahri 6-podstansiya tez-tibbiy yordam shifokori Jahongir Hojiyevman, meni 30 sentyabr kuni soat 00:40da kaltaklashdi, burnimni sindirib, jarohat yetkazishdi, miyam chayqaldi.

29 sentyabr kuni soat 22:51da chaqiriq kelib tushgan bo‘lsa, 12 daqiqada belgilangan manzilga yetib bordik. Bizni mast erkaklar qarshi olishdi va stullarda yotgan 28 yoshli qiz yoniga olib borishdi. Qizda psixomotor qo‘zg‘alish kuzatilayotgandi. Uning atrofida 20dan ortiq odam to‘planib olgan, hammasi tinimsiz baqirar, meni va sheriklarimni haqorat qilishardi. Men ulardan tinchlanishni va bemorga yordam berishimga xalaqit qilmaslikni so‘radim. Qizning hayotiy ko‘rsatkichlari me’yorida ekanligini tushuntirdim. Lekin ular men va feldsherni haqoratlashda davom ettirishdi. Men yordam ko‘rsatdim, qiz uxlab qoldi. Ma’lum vaqt o‘tib yana uyg‘ondi va yana qichqirishni boshladi.

Uni shahar 7-klinik shifoxonasiga olib ketdik. Qabulxonada nevropatolog chaqirtirdim, lekin qarindoshlari nevropatologni ham haqoratlashdi. Cho‘chib ketgan nevropatolog qizni reanimasiyaga olib borishni so‘radi. U yerda shifokor va hamshiralar qizni tinchlantira boshlashdi. Lekin uning qarindoshlari bu bo‘limga ham kirib, shifokorlarni kamsitib, haqoratlab urishda davom etishdi. Men yo‘lakka chiqqanimda qizning akasi kutilmaganda boshi bilan yuzimga zarba berdi va burnimni sindirdi. Kuchli qon keta boshladi. Milisiya chaqirishga to‘g‘ri keldi. Ammo milisiya ham bu (...)larni qiyinchilik bilan tinchlantira oldi.

Qizga keyingi kuniyoq javob berishdi, chunki u butunlay sog‘lom edi.

Men hozirda 7-klinik shifoxonada «Burun suyaklarining yopiq sinib siljishi, miya chayqalishi va bosh miya suyagining aralash yopiq sinib jarohatlanishi, bosh miya chayqalishi» tashxisi bilan davolanyapman. Uchinchi kundirki biror kishi kelib ahvoling qalay, deb so‘ramadi.

2,5 yildan buyon tez tibbiy yordamda ishlayman. Odamlar shifokorlarga yildan-yilga yomonroq munosabatda bo‘layotganini ko‘rib turibman. Ayniqsa tez tibbiy yordam shifokorlari qiyin ahvolda. Har kuni shifokorlar do‘pposlanadi, zo‘ravonlar esa jazosiz qolaveradi.

Menga juda alam qiladi. 10 yil davomida kontrakt asosida juda katta mablag‘ to‘lab o‘qidim. Arzimas maosh evaziga ertalabdan kechgacha, chaqiriqdan-chaqiriqqacha ishlayman. Hammaga yordam berishga harakat qilaman, o‘z ustimda ishlayman. Buning hammasi uchun «minnatdorchilik» sifatida mana shu jarohatlarni oldim...

Vazirimizga savolim bor: nega biz haqimizda hech kim qayg‘urmayapti? Nega boshqa tizimlarda xodimlar manfaati uchun sezilarli o‘zgarishlar bo‘layotgan bir paytda sog‘liqni saqlash tizimida hatto ishlash xavfli bo‘lib qoldi?», deya so‘zlarini tugatgan shifokor.

Bu masala bo‘yicha Sog‘liqni Saqlash vazirligi bilan bog‘landik. Vazirlikning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Furqat Sanayev bu masala nazoratga olinganini ma’lum qildi va mavzuga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.

«Bu vazirligimizning eng og‘riqli muammolaridan biriga aylandi, desam adashmagan bo‘laman. Afsuski, Sog‘liqni saqlash vazirligi jinoyatga huquqiy baho berish, aniqlash va jazolash vakolatiga ega emas. Faktlarga e’tibor bering: so‘nggi 1 yil-u 9 oy ichida mamlakatimizda birgina shoshilinch va tez tibbiy yordam tizimi xodimlariga nisbatan 100dan ortiq holatda tajovuzlar qayd etilgan. Ularning ko‘pida tomonlar kechirim so‘rash bilan  yarashtirilgan. Lekin ba’zi holatlarda umuman huquqiy ta’sir choralari ko‘rilmagan. Ko‘pincha shifokorlarga bo‘layotgan tajovuz, suiqasd holatlariga bevosita vazirlikning murojaati bilan, shundan so‘nggina huquqiy chora ko‘rilayotganini qanday baholash mumkin?

Nima uchun huquqni muhofaza qilish, ichki ishlar, MIB kabi tizimlar xodimlariga qilingan har qanday tajovuzga darhol huquqiy baho beriladi, aybdor aniqlanadi va hatto ozodlikdan mahrum bo‘lishgacha bo‘lgan jiddiy jazolar qo‘llanadi-yu, bunday tezkorlik SSV tizimiga kelganda unutiladi? Nega yaqqol ko‘rinib turgan ishlar bo‘yicha ham jazo muqarrarligi paysalga solinadi?

Qonunchilikka aniq o‘zgartirishlar kiritish kiritish payti kelganini bir necha marta ta’kidladik, o‘z takliflarimizni berganmiz. Bugun bu masala har qachongidan ham dolzarb», deydi vazirlik vakili.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Husanovning finaldagi o‘yini qanday baholandi?

Англия Лига кубогининг (Carabao Cup) ҳал қилувчи финал баҳси ўз якунига етди.

Eron Trampning Hormuz bo‘g‘ozini ochish haqidagi ultimatumiga javob berdi

Бу ҳақда Эрон Миллий телерадиоэшиттириш корпорацияси (IRIB) Эрон Қуролли Кучлари Бош штабига таяниб хабар бермоқда.

AQSh Eronning neftdan taxminan 14 milliard dollar daromad olishiga imkon berdi

Бу ҳақда Ахios журналисти Барак Равид хабар берди.

Goal «Oltin to‘p — 2026» uchun asosiy da’vogarlar ro‘yxatini yangiladi

Goal.com портали таҳлилчилари 2026 йилда «Олтин тўп» совринини қўлга киритишга асосий даъвогарлар рейтингини тақдим этишди.

"U — haqiqiy jangchi" — Britaniya OAVlari Husanovning "Real"ga qarshi o‘yinini olqishlamoqda

ESPN телеканалининг Британия таҳририяти журналисти Марк Огден Ўзбекистон терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусановнинг «Манчестер Сити»даги ўсишини юқори баҳолади.

Trampning onasi o‘g‘li haqida: "U aqlsiz..."

Трампнинг онаси Мери Анна Трамп қачонлардир ўғли ҳақида берган интервьюсидан иқтибос чоп этилди.

Eron 4 ming kilometr uzoqlikdagi Britaniya-Amerika harbiy bazasiga hujum qildi

Бу ҳақда Mehr агентлиги хабар берди.

Go‘sht narxi keskin oshmoqda

Ўзбекистонда гўшт нархи сўнгги вақтларда сезиларли қимматлашди.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

Eron prezidenti rus tilida Rossiya hukumati va xalqiga minnatdorchilik bildirdi

Унинг таъкидлашича, Россиянинг кўрсатган қўллаб-қувватлаши икки давлат ўртасидаги стратегик ҳамкорлик ва дўстлик алоқаларини мустаҳкамлайди.

Eron AQSh bilan urushda ustunlikka ega

Ҳақиқат шундаки, АҚШ вазифанинг мураккаблигига етарлича баҳо бермади.

Tramp Eronning "sirli sovg‘asi" nima ekanligini biladimi?

Трампнинг сўзларига кўра, у янгиликларда саккизта кеманинг "бўғознинг ўртасидан сузиб кетаётганини" кўрган.

Marko Rubio Ormuz bo‘g‘ozini ochish shartini ma’lum qildi

АҚШ Давлат котиби Марко Рубио агар Эрон «жаҳон кема қатновига таҳдид қилишни тўхтатса», Ормуз бўғозини «эртагаёқ очиш мумкин»лигини маълум қилди.

Tramp harbiy operasiyadan so‘ng Eron neftiga kirish huquqini qo‘lga kiritganini tan oldi

Трамп бу баёнотни Оқ уйда журналистларнинг саволларига жавоб бериш чоғида айтиб ўтди.

Turk dunyosi noshirlari Anqarada uchrashadi

Туркия Республикаси Маданият ва туризм вазирлиги туркий дунё нашриётчилик соҳасини ягона майдонда бирлаштириш мақсадида 27–29 март кунлари Анқарада “Туркий дунё ноширлик конгресси”ни ўтказмоқда.

Pragadagi "Rossiya uyiga" "Molotov kokteyllari" bilan hujum qilindi

Марказ раҳбари Игор Гиренконинг сўзларига кўра, кутубхона биносига улоқтирилган олтита "Молотов коктейлидан" учтаси портламай қолган.

Toshkentda 4 kishini urib yuborgan Tracker haydovchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Жиноят 26 март куни туш пайтида Ниёзбек йўли кўчасида келиб чиққан жанжалдан сўнг содир этилган. Кузатув камераларидаги тасвирларда воқеадан аввал бошқа одамлар кўз ўнгида икки эркак муштлашаётганини кўриш мумкин.

Yashillik darajasini oshirishga hissa qo‘shganlarga maxsus maqom beriladi

Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси самарадорлигини янада ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Фармони қабул қилинди.

Abbas Aragchi: AQSh so‘zlari va harakatlari qarama-qarshi

Аббас Арагчи Эрон ташқи ишлар вазири сифатида Туркия ташқи ишлар вазири Хакан Фидан билан телефон орқали суҳбатда АҚШнинг ҳаракатлари ва сўзлари ўртасида зиддият борлигини таъкидлади.

Eron bizdan bitim tuzishni yolvorib so‘ramoqda, men ulardan buni so‘raganim yo‘q — AQSh prezidenti

Доналд Трампнинг бошқа баёнотлари:

Toshkentda ayol kishini ayol ekanligi tufayli ishga olishmadi

Мурожаатда қайд этилишича, у 2026 йил январь ойида Тошкент вилоятидаги иқтисодий соҳага оид ташкилотлардан бирига мавжуд лавозимга ишга қабул қилиш масаласи бўйича суҳбатдан ўтган, ариза ёзган ҳамда электрон шартномани имзолаган. Шундан сўнг ишга қабул қилиш тўғрисида буйруқ чиқиши кутилган.

Voyaga yetmagan ikki qiz kirakashni tunab, uning qulog‘ini tishlab oldi

Ҳозирда эса ҳолат юзасидан тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Qozog‘istonda dron quladi

Аввалроқ, Қозоғистон Мудофаа вазирлиги бу каби дронларнинг 90 фоиздан ортиғи Россия 926-бош учиш синов маркази полигон ҳудудига тўғри келишини билдирган.

Noqonuniy oltin savdosi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

Экспертиза хулосасига кўра, ушбу олтин қуймасининг баҳоси 209 млн 757 минг сўмни ташкил этади.

Amudaryo orqali 10 kg narkotikni olib o‘tgan afg‘onistonlik narkokur’er ushlandi

Унинг ёнида бўлган 2 та қопнинг ичида эса жами 10 дона ўрамда 10 кг 354 гр “гашиш” гиёҳвандлик воситаси борлиги аниқланди.

Rossiya Ukrainaga bir sutkada qariyb mingta dron bilan hujum uyushtirdi

Украина Мудофаа вазирлигининг маълум қилишича, Россия армияси Украинага қарши қарийб 1000 та дрондан иборат улкан ҳаво ҳужумини амалга оширди. Бунинг оқибатда камида 7 киши ҳалок бўлди.

Ho‘rmuz bo‘g‘ozining yopilishi sababli Yevropa aprel oyidayoq yoqilg‘i taqchilligini his qilishi mumkin – The Guardian

Бу ҳақда Shell нефт компанияси бош директори Ваэл Саван маълум қилди, деб хабар бермоқда нашр.

Eron AQShning talablarini rad etdi

Бу ҳақда “Ҳизбуллоҳ” гуруҳига алоқадор Al Mayadeen телеканали Эроннинг сиёсат ва хавфсизлик соҳасидаги расмийсига таяниб хабар берди.

Amudaryo orqali 10 kg giyohvandlik vositasini olib o‘tgan afg‘onistonlik narkokur’er ushlandi

Ўзбекистон Республикаси Давлат хавфсизлик хизматининг Чегара қўшинлари ҳарбий хизматчилари қўшни Афғонистондан мамлакатимизга контрабанда қилинган катта миқдордаги наркотик моддаларни тўхтатиб қолишди.

Toshkent viloyatida uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Хонадонда 79 ёшли М.С. (аёл), унинг 37 ёшли невараси Д.Ю. (аёл) ва ва 17 ёшли евараси М.Ж. (ўғил) бўлган.

Eron xavfni kuchaytirmoqda: Tehron AQShga qanday talablar qo‘ymoqchi?

Reuters агентлигининг Теҳрондаги манбаларига таяниб хабар беришича, Эрон воситачилик уринишлари ва АҚШ билан мумкин бўлган алоқалар фонида музокаралар олиб бориш позициясини мустаҳкамлади.

Isroil TIVning rasmiy kanali joylagan xabar: Eron rejimi dunyodagi eng katta tahdid

Исроил Ташқи ишлар вазирлиги баёнотига кўра, Эрон режими глобал террор тармоғининг асосий ташкилотчиси ҳисобланади.

Tramp oilasining dron biznesiga sarmoyasi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda

Айрим манбаларга кўра, Дональд Трамп оиласининг Эрон атрофидаги можаролардан олдин дрон соҳасига сармоя киритгани катта муҳокамаларга сабаб бўлмоқда.

Navoiyda narkokuryer «zanjiri» fosh etildi

Навоий вилояти ИИБ ахборот хизмати гуруҳи раҳбари Фаёзжон Қосимовнинг «Xabar.uz»га маълум қилишича, наркокурьерлар бот «хизмати» орқали бир-бирини топишган. Ва бот хизмати улар учун заҳарли тармоқ вазифасини ўтаган.