Toshkentda o‘z onasini o‘ldirib, yerto‘laga ko‘mib qo‘ygan o‘g‘ilga jazo tayinlandi

A A A
Toshkentda o‘z onasini o‘ldirib, yerto‘laga ko‘mib qo‘ygan o‘g‘ilga jazo tayinlandi

Ona o‘zining bir parchasini vujudida to‘qqiz oy ko‘tarib yurar ekan, kelajakka bo‘lgan bir olam orzular bilan farzandini dunyoga keltiradi. O‘zi erisholmagan marralarga farzandi yetishishi uchun borini beradi. Kun kelib, o‘z dilbandi qo‘lidan o‘lim topishi esa yetti uxlab tushiga ham kirmasa kerak…

Yana bir bahorga yetganiga shukr qilib uyquga yotgan ona yangi tongni ko‘rolmasligini bilmasdi. Yarim tun! Shu kecha yashirilgan «sir» esa kishini larzaga solmay qo‘ymaydi. Ayni shu tunda o‘g‘il o‘z onasini o‘ldirishga qasd qilgandi. Bir muddat avval esa o‘g‘il onasini begona erkakdan rashk qilishi oqibatida o‘zaro kelishmovchilik yuzaga kelgan. Natijada o‘tmas jism bilan onasining bosh qismiga bir necha marta urib, qo‘lida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan uning o‘ng tomon bo‘yin orqa yuzasini sanchib-kesib, qasddan o‘ldirgan.

Sud majlisida jabrlanuvchining qonuniy vakili tariqasida so‘roq qilingan mahalla raisining bayon qilishicha, ko‘p qavatli uydagi xonadonda marhuma va o‘g‘li istiqomat qilishgan. — Sudlanuvchi aqli zaifligi sababli, o‘zini noodatiy ravishda tutib kelgan. Shu bois mahallada yoki uyda turli nomaqbul ishlarni qilib qo‘ymasligi uchun bir necha marta o‘g‘lini ruhiy davolash muassasasiga joylashtirish to‘g‘risida aytganimda, «o‘g‘lim yakka, uni jamiyatdan ajratmaslikka harakat qilaman», degandi. Biroq bu oila notinch yoki muammoli oilalar turkumiga kirmagan. Oila o‘ziga to‘q yashagan. Bir necha marta sudlanuvchini ishga joylashtirilgan. Biroq sudlanuvchi kelajagi uchun poydevor qilishga harakat qilmay, ishlamasligini ma’lum qilgan. Onasi esa uni o‘zi boqishini aytgan. Bir necha oy avval marhuma va o‘g‘li o‘zaro janjallashib qolishgandi. Ular pod’ezdda janjallashishayotganda mahalla faollari va mahalla noziri ularga tushuntirish berishimizga qaramasdan, hattoki mahalla nozirining talablariga bo‘ysunishmagan. Janjal sababi esa sudlanuvchi onasining hayotiga aralashib, erkak kishi bilan uchrashgani uchun uni qizg‘angan va urishgan. Ular ma’muriy huquqbuzarlik sodir qilganligi bois javobgar ham qilingan. Biroq sudlanuvchi yurish-turishini to‘g‘rilamagan. Mahalla faollari va nozir bilan maslahatlashib, o‘sha vaqtda ruhiy davolash maqsadida psixiatrik naryad chaqirilib, davolashga jo‘natilgan. Oradan 40 kun o‘tgach, sudlanuvchi davolanishdan chiqqan, lekin nomaqbul harakatlari yo‘qolmagan. Voqea sodir bo‘lgan kuni bir fuqaro sudlanuvchining tungi soat 02:30 larda uyning yerto‘lasida fonar bilan yurganini ko‘rgan ekan, - dedi qonuniy vakil.

Gap shundaki, o‘g‘il sodir etgan jinoyatini yashirish maqsadida onasining jasadini o‘zi yashab kelayotgan xonadonning yerto‘lasiga ko‘mib qo‘ygan. U jinoyati fosh bo‘lishidan qo‘rqib, profilaktika inspektoriga onasini qidirib topishda yordam so‘rab murojaat qiladi. Uning murojaatiga asosan tezkor qidiruv xodimlari tomonidan ayolning yashash xonadoni yerto‘lasi ko‘zdan kechirilganda jasad qotillik alomatlari bilan topilgan.

Sud tibbiyot ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, ayolning o‘limi bosh miya yopiq jarohati fonida, bo‘yin qon tomirlari va yumshoq to‘qimalarining shikastlanishiga olib kelgan va bo‘yin orqa yuzasi o‘ng tomonlama kesilgan yarasi oqibatida kelib chiqqan tashqi qon yo‘qotishdan yuz berganligi aniqlangan.

Sud psixotrik ekspertizasining xulosasiga ko‘ra esa sudlanuvchi ruhiy sog‘lom deb topilgan.

«BIR AMALLAB YERTO‘LAGA SUDRAB OLIB TUSHDIM»

Sudda sudlanuvchi o‘g‘il aybiga to‘liq iqrorlik bildirdi. — O‘sha tunda onam uxlashimni, ertasi kuni ertalabdan bozorga tushishimizni aytdi. Yarim tunda uyg‘onib ketdim, soat 02:00 edi. Onam menga idishda suv olib keldi va «ichib ol», dedi. Kosadagi suvni ichib, uxlab qoldim. 20 daqiqa o‘tgach yana uyg‘ondim. O‘sha vaqt onam meni urayotganini angladim. Bu holat uyning mehmonxonasida sodir bo‘ldi. Onam balkondan temirdan yasalgan idishni olib kelib, tizza va oyoqlarimga urdi va oshxona pichog‘ini ko‘tarib keldi, menga tiqmoqchi bo‘ldi. Pichoq ushlagan qo‘lidan ushlab, oshxonaga qamab qo‘ydim. U yerdan chiqib, pichoq bilan tashlanmoqchi bo‘ldi. O‘sha vaqt qo‘lidan ushlab oldim va onamni o‘ldirish maqsadida pichoqni uning bo‘yin qismiga tiqdim. Shu payt onam yiqilib, peshonasi bilan devorga urildi. Yerga yiqildi, boshi pastga qaragan holda yotardi. Uning boshini orqa qismidan ushlab turdim, bo‘yin qismidan qon keta boshladi. Onam qo‘limdan chiqmoqchi bo‘ldi, men esa boshini yerga qaratib bir necha marta urdim va joni uzilganini sezdim. Bu voqea oshxonada sodir bo‘ldi. Jasadni uydan yo‘qotish maqsadida ko‘tarishga harakat qildim. Vazni og‘irligi sababli ko‘tarishga qiynaldim. Ko‘tarishga qulay bo‘lishi uchun qo‘l-oyoqlarini yerto‘ladan olib chiqqan eski latta bo‘lagi bilan bog‘ladim va sudrashga qaror qildim. Uydan tashqariga chiqib yon atrofni ko‘zdan kechirdim. Hech kim yo‘qligiga amin bo‘lgach, yerto‘laga murdani ko‘mish maqsadida chuqur qazib tayyorladim. Qo‘llaridan tortib, pod’ezdga olib chiqdim, murdani bir amallab yerto‘laga sudrab olib tushdim. Tayyorlab qo‘yilgan yerto‘la ichidagi chuqurga ko‘mib tashladim. Hech kim bilmasligi uchun ustini yopib qo‘ydim. Oshxonadagi qon izlarini yo‘qotish maqsadida ko‘rpacha, palas, xontaxta va stuldagi qon dog‘larini nam latta bilan tozaladim. Latta va ustimdagi kiyimlarni yechib, ularni yuvdim. Qon dog‘lari bo‘lgan paketlarni ham musor idishga tashlab yubordim. Oradan 2-3 kun vaqt o‘tgandan so‘ng Ichki ishlar organi xodimlariga borib, «onam yo‘qolib qoldi», dedim, ammo o‘ldirganimni gapirmadim. Ular tomonidan yashash xonadonimning yerto‘lasi ko‘zdan kechirilganda, onamning jasadi qotillik alomatlari bilan topildi va aybimni tan oldim, - deydi qilmishidan pushaymonligini bayon qilgan sudlanuvchi.

Abdulla Abdulxayev, jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi sudyasi:

— Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan aybdor deb topildi va 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Sadoqat ALLABERGANOVA,

Toshkent shahar sudi matbuot kotibi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

"Tramp hali ham g‘alaba qozonganini aytib keladi. Lekin aslida u ancha oldin yutqazgan edi"

Менимча, Тайван фуқаролари ҳақиқий вазиятга назар ташлаганларида, буни аниқ кўришади.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Eron: yangi havo mudofaa tizimi bir nechta AQSh samolyotlarini urib tushirdi

Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси маълум қилишича, 3 апрель куни янги ҳаво мудофаа тизими АҚШ ва Исроилга тегишли ҳаво техникасига зарба берган.

Gvardiolaning yordamchisi: «Husanov shu qadar tezki...»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиоланинг ёрдамчиси Пеп Лейндерс ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусановнинг ўйини ва салоҳияти ҳақида тўхталиб ўтди.

Eron havo mudofaasi tizimlari Isroil uchun ko‘rinmas bo‘lib qoldi

Бу ҳақда Исроил мудофаа ва хавфсизлик форуми раиси Амир Авиви маълум қилди.

Bahodir Jalolov: “Erkak kishini ikki narsa sindiradi..."

Олимпия ўйинлари чемпиони, машҳур боксчимиз Баҳодир Жалолов берган интервюларидан бирида эркак кишининг ҳаётидаги энг катта тўсиқлар ва муваффақият омиллари ҳақида ўз фикрларини билдириб ўтди.

The Athletic JCH-2026 ishtirokchilari reytingini e’lon qildi. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Нуфузли The Athletic нашри 2026 йилги жаҳон чемпионатида иштирок этадиган 48 та терма жамоани имкониятларига қараб 48 та ўринга қўйиб чиқди.

Jizzaxda ayanchli YTH: 5 kishi halok bo‘ldi

ЙТҲ оқибатида ҳар икки машина ҳайдовчиси, шунингдек, Nexia машинасида йўловчи сифатида кетаётган Хитой давлатининг 54 ёшли фуқароси воқеа жойида ҳалок бўлган.

Диний суд талқинига кўра, улар оммавий қотилликларни режалаштирган.

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari 50 ming AQSh dollar pora qo‘lga olindi

И.Б. Исманов 2022–2025 йилларда Андижон вилояти ИИБ бошлиғининг ўринбосари – Жамоат хавфсизлиги хизмати бошлиғи лавозимини ишлаган.

Bushehr AESga yana zarba berildi

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

Qosim Sulaymoniy qarindoshlari AQShda qo‘lga olindi

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.