Toshkentda "Tracker" va traktor ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda "Tracker" va traktor ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

🔹Joriy yilning 11 oktyabr kuni soat 20:55 larda, Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani hududidan o‘tgan 4R-20 "Toshkent-To‘ytepa" avtomobil yo‘lining 27-kilometrida Toshkent shahridan Nurafshon shahri tomon harakatlanib ketayotgan haydovchi, 1990 yilda tug‘ilgan Z.I. boshqaruvidagi "Tracker" rusumli hamda bir yo‘nalishda, oldinda bo‘lgan haydovchi, 1964 yilda tug‘ilgan N.S. boshqaruvidagi 2 ta tirkamali "MTZ-80" rusumli traktor ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.

⚡️To‘qnashuv natijasida "Tracker" rusumli avtomobil haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

❗️Mazkur YTH yuzasidan O‘rtachirchiq tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!