Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Yunusobod tumanidagi maktablardan birining ma’muriyati ota-onalardan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri uchun pul yig‘ayotgani aytilgan xabarlarga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, holat Yunusobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi Ishchi guruhi tomonidan o‘rganilgan. Unga ko‘ra, Toshkentda 17-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi bitiruvchi sinf Ota-onalar kuzatuv kengashi raisi maktab ma’muriyatini ogohlantirmasdan o‘quvchilarning ota-onalar uchun tashkil etilgan Telegram messenjeridagi guruhga pul yig‘imi to‘g‘risida taklifini aytgan. Bundan na maktab ma’muriyati va na sinf rahbarining xabari bo‘lmagan. Mazkur taklifni shu guruhdagi ota-onalardan biri ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali chop etgani aniqlangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqalgach, maktab ma’muriyati tomonidan navbatdan tashqari pedagoglar kengashi hamda ota-onalar kuzatuv kengashlarining yig‘ilishlari o‘tkazilgan. Sinf rahbarlari va o‘qituvchilar ota-onalardan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” va boshqa tadbirlar uchun hech qanday pul yig‘imlarini amalga oshirmasliklari bo‘yicha yana bir marotaba ogohlantirilgan. Agar shunday holatga yo‘l qo‘yilsa, uning ishtirokchi va tashabbuskorlariga nisbatan qonun doirasida chora ko‘rilishi eslatib o‘tilgan.
Shuningdek, ota-onalar kuzatuv kengashi yig‘ilishida o‘zboshimchalik bilan tashabbus ko‘rsatgan ota-onalardan tushuntirish xatlari olingan. “Tashabbuskor” ota-onalar o‘z xatti-harakatlari uchun maktab ma’muriyatidan uzr so‘ragan. Boshqa bunday holatga yo‘l qo‘yilmasligini bildirgan.
“Agar siz, qaysidir maktab yoki maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pul yig‘ish bilan bog‘liq holatlar haqida xabardor bo‘lsangiz, Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining ishonch telefoni — 71-237-08-30 raqami orqali murojaat qilishingiz so‘raladi”, — deyiladi xabarda.
May o‘rtalarida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2022/2023-o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar” ishlab chiqilgandi. Tavsiyalarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini o‘tkazishda, ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul yig‘imlariga yo‘l qo‘ymaslik belgilangan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Истанбулда Украина билан ўтказилган музокарада Россия ўзининг асосий талабларини маълум қилди. Бу ҳақда Россия делегацияси вакили Владимир Мединский маълум қилди, деб хабар беради Clash Report.
"Агар бугун сионистик режим ўз адашуви туфайли аҳмоқлик қилиб тажовуз қилишга журъат этса, шубҳасиз, ўзининг заиф ва кичик ҳудудига қақшатқич ва қатъий жавоб олади".
Таъкидлаш лозимки, гуруҳ етакчиси ва аъзоларининг 4 нафари муқаддам содир этган жиноятлари учун умрининг маълум бир қисмини панжара ортида ўтказган бўлсаларда, ўз хатоларидан тўғри хулоса чиқаришмаган.
Япониянинг Киото шаҳридаги ATR “Computational Neuroscience” лабораторияси томонидан инсон онгининг сирли олами — тушларни ёзиб олиш ва уларни қайта тиклаш бўйича илғор технология ишлаб чиқилди.
Марказ Марказий Осиё минтақасида илмий тадқиқотлар, мутахассисларни тайёрлаш, технологиялар ва тажриба алмашиш, шунингдек, «ёшил» ва барқарор ривожланишни тарғиб қилиш учун платформа бўлади.
Ижтимоий тармоқларда Сурхондарё вилоятида етиштирилган қовун маҳсулотларида гўёки нитрат миқдори меъёрдан ортиқ экани ва уни истеъмол қилган фуқаролар заҳарланаётгани ҳақида хабарлар тарқалди.
Исроил армияси ўзини ҳимоя қилиш доирасида Ғазо секторидаги амалиётини кенгайтирмоқда, бироқ гаровга олинганларни озод қилиш бўйича келишувга эришилса, “ҳаракатларини тузатишга” тайёр.
Давлат хавфсизлик хизматининг Тошкент вилояти бўйича бошқармаси ходимлари томонидан ички ишлар органлари билан ҳамкорликда синтетик гиёҳвандлик воситалари айланмасига чек қўйишга қаратилган тезкор тадбир ўтказилди.
Кёдо агентлиги хабарига кўра, бўш турган лавозимга аҳоли орасида машҳур бўлган ёш сиёсатчи, собиқ бош вазир Жуничиро Коидзумининг ўғли Синдзиро Коидзуми тайинланади.