Toshkentda Singapur kompaniyasi bilan hamkorlikda «Nurafshon siti» bunyod etiladi

Toshkentda Singapur kompaniyasi bilan hamkorlikda «Nurafshon siti» bunyod etiladi

Mamlakatimiz elchixonasi ko‘magi bilan Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov va Singapurning «Universal Success Enterprises Limited» kompaniyasi raisi Prasun Mukerji poytaxt viloyatida «Nurafshon siti» qurilish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida Bosh kelishuvni onlayn tarzda imzoladi, deb xabar bermoqda «Dunyo»  AA muxbiri.

Hujjat Singapur kompaniyasi tomonidan o‘zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda 2021 yil birinchi choragining oxiriga qadar loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish, keyinchalik tasdiqlash va zamonaviy Nurafshon shahri qurilishining boshlanishini nazarda tutadi. Loyihaning umumiy maydoni taxminan 2 ming 833 gektarni tashkil etadi va u uch bosqichda amalga oshiriladi.

Loyihani «Universal Success Enterprises Limited» yoki ushbu kompaniya tomonidan tashkil etilgan xorijiy kompaniyalar konsorsiumi tomonidan jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar yoki xorijiy moliya institutlarining kredit liniyalari asosida amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Investisiyalarning umumiy hajmi loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash natijalariga ko‘ra aniqlanadi.

Ta’kidlash kerakki, shartnomaning imzolanishi elchixona tomonidan Toshkent viloyati va Nurafshon shahri hokimliklari bilan birgalikda ustuvor loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan shahar infratuzilmasini takomillashtirish va modernizasiya qilish uchun respublikaga xorijiy investisiyalarni jalb qilish bo‘yicha olib borilayotgan izchil ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!