Toshkentda qo‘lida chaqalog‘i bo‘lgan ayol avtobusning oynasini sindirib shikastlandi (video)

Toshkentda qo‘lida chaqalog‘i bo‘lgan ayol avtobusning oynasini sindirib shikastlandi (video)

 Toshkentda qo‘lida chaqalog‘i bo‘lgan ayol avtobusning oynasini sindirib shikastlandi.

“Toshshahartransxizmat” AJ xabariga ko‘ra, 14 avgust kuni 5-avtobus saroyi tasarrufidagi 99-yo‘nalishda yo‘lovchi ayol belgilanmagan joyda, ya’ni Qo‘yliq bozori yaqinidagi Chirchiq daryosidan o‘tgan ko‘prik ustida avtobusni to‘xtatishni talab qilgan. Haydovchi unga bu yerda to‘xtash mumkin emasligi, hayoti uchun xavfliligini har qancha tushuntirmasin u qaysarlik bilan o‘z so‘zida turib olgan.

U qo‘lidagi chaqalog‘i hamda salondagi yo‘lovchilarni bezovta qilarli darajada shovqin-suron ko‘targan va bu ham yetmagandek baland ovoz bilan haydovchiga bosim o‘tkazib, avtobusning eshik oynasini bir necha marta tepib sindirgan. Natijada avtobusga zarar yetkazish bilan birga ayolning o‘zi ham oyna siniqlaridan shikastlangan.

Xabarda yozilishicha, ushbu holatni batafsil o‘rganish hamda chora ko‘rish maqsadida tegishli organlarga xabar berilgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!