Toshkentda qonuniylikni buzgan ikki sudya lavozimidan ozod etildi

Bu haqda Sudyalar oliy kengashi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Toshkent shahar Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi D. Xayrullayeva - yozma arizasiga binoan hamda odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzganligi uchun;
Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining sudyasi S. Abduraxmanova - yozma arizasiga binoan lavozimlaridan ozod etilib, sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)