Toshkentda mehmonga kelgan o‘g‘il otasini pichoqladi

Toshkentda mehmonga kelgan o‘g‘il otasini pichoqladi

1 yanvar kuni taxminan soat 22.15 da 32 yoshli Oleg R. Uchtepa tumanida yashovchi o‘gay otasi 52 yoshli Valeriy Z.ning uyiga mehmon bo‘lib keladi.

Ular spirtli ichimliklar ichib o‘tirishganda oralarida kelishmovchilik yuzaga keldi va Oleg oshxona pichog‘i bilan o‘gay otasiga tan jarohatlari yetkazdi. Valeriy Z. shifoxona olib borildi. Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi (“ Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!