Toshkentda ilk marta "Qahva va choy" festivali bo‘lib o‘tadi

Toshkentda ilk marta "Qahva va choy" festivali bo‘lib o‘tadi

13-15 may kunlari “Moviy gumbazlar” xiyobonida “Qahva va choy-2022” festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Festival doirasida barista bo‘yicha Uzbek Coffee Cup chempionati, sut ko‘pikli rasm chizish san’ati bo‘yicha tanlov, barmenlar o‘rtasida miksologiya chempionati bo‘lib o‘tadi.

Festival dasturi turli tadbirlarga boy: lotereyalar va turli xildagi ko‘ngilochar o‘yinlar, hunarmandlar yarmarkalari, fud-kortlar va o‘yin maydonchalari, DJ va stend-ap chiqishlar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!