Toshkentda yerusti metro liniyasi qurilayotgani sababli daraxtlar ko‘chirilmoqda

Toshkentda yerusti metro liniyasi qurilayotgani sababli daraxtlar ko‘chirilmoqda

Toshkent shahri Yangihayot—Qipchoq ko‘chasi bo‘ylab yerusti metro liniyasi qurilayotgani sababli daraxtlar ko‘chirilmoqda. Tabiat resurslari vazirligi poytaxt boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, qurilish munosabati bilan chinor daraxtlarini quruvchi tashkilot tomonidan boshqarma inspektorlari nazorati ostida, maxsus metodlar asosida mutaxassislar jalb qilinib, ko‘chirib o‘tqazish ishlari amalga oshirilmoqda.

“Hududda hech qaysi daraxtga ziyon yetkazilmaganmi? Ko‘chirib o‘tkazilgan daraxtlar soni va qanday turdagi daraxtlar ko‘chirib o‘tkazilayotgani haqida ma’lumot berilmaydimi?”, — deb yozadi Telegram’dagi “Ekologuz” kanali.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!