Toshkentda "Damas" va "Matiz" to‘qnashdi. Uch kishi kasalxonada

Toshkentda "Damas" va "Matiz" to‘qnashdi. Uch kishi kasalxonada

Joriy yilning 27 mart kuni soat 19:20larda, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Gulsanam ko‘chasida, haydovchi, 2002 yilda tug‘ilgan O.A. boshqaruvidagi "Damas" rusumli hamda haydovchi, 1992 yilda tug‘ilgan O.S. boshqaruvidagi "Matiz" rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada, haydovchi O.A. va yo‘lovchilar 61 yoshli M.M. hamda 46 yoshli S.M.lar tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilishgan.

Mazkur to‘qnashuv yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!