Toshkentda aholi issiq uylarda muammosiz yashashi uchun 772,2 mln dollar kerakligi ma’lum qilindi

A A A
Toshkentda aholi issiq uylarda muammosiz yashashi uchun 772,2 mln dollar kerakligi ma’lum qilindi

Bugun AOKA zalida «Toshissiqquvvati» davlat unitar korxonasi direktori o‘rinbosari Aziz Sayfullayev ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda kuz-qish mavsumida aholini issiqlik energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha yuzaga kelayotgan muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan tezkor choralar haqida ma’lumot berildi.

«Aholi hamda ijtimoiy soha ob’ektlari uchun qulay shart-sharoit yaratishda issiqlik va issiq suv ta’minoti bo‘yicha uzluksiz va sifatli xizmat ko‘rsatish eng muhim omillardan biri sanaladi», — dedi A.Sayfullayev.

Ta’kidlanishicha, mamlakatimizda markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimi 1950 – 1970 yillarda ochiq suv taqsimoti hamda bino va inshootlarning isitish tizimlarini issiqlik tarmoqlariga ulash sxemasi asosida tashkil qilingan.

Bugungi kunda qozonxona uskunalari va tarmoqlarning o‘ta eskirgani sababli, mavjud issiqlik ta’minoti tizimida issiqlik manbalaridan maqbul darajada foydalanishning imkoni bo‘lmayapti, bu esa issiqlik ta’minoti korxonalari faoliyatiga, iste’molchilarni issiqlik xizmati va issiq suv bilan ta’minlash sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Toshkent shahrining issiqlik ta’minoti tizimini texnik-iqtisodiy parametrlari.

“Toshissiqquvvati”  DUK tomonidan poytaxtimizdagi 12 801 ta  bino-inshootlarga issiqlik energiyasi yetkazilmoqda, jumladan:

9200 ta ko‘p kvartirali uylarga, 

524 ta davolash muassasalariga,

498 ta  maktablarga,

635 ta  bolalar bog‘chasiga,

514 ta oliy va  o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga,

1430 ta boshqa ob’ektlarga issiqlik energiyasi yetkazib berilmoqda.

“Toshissiqquvvati”  DUK tasarrufida, 1347 km. kanal issiqlik tarmog‘i va 2694 km uzatuvchi quvurlar mavjud bo‘lib, bundan:

magistral tarmoqlar — 254,7 km.ni va ularning uzatuvchi quvurlari 509,4 km.ni;

taqsimlovchi issiqlik tarmoqlari — 1092,3 km.ni va ularning uzatuvchi quvurlari — 2184,6 km tashkil etadi.

Ushbu tarmoqlarida 30 431 dona tirgakli armatura, 4 013ta kompensator, 11 172 dona issiqlik kamerasi va 24 146 ta lyuk o‘rnatilgan.

Issiqlik energiyasining barcha iste’molchilarida gidravlik rejimni  ushlab turish uchun korxonaning issiqlik tarmoqlarida 86 ta nasos stansiyasi, shu jumladan magistral issiqlik tarmoqlarida 11 ta rejimli nasos stansiyasi ishlashi ta’minlanmoqda.

Hozirgi vaqtda barcha issiqlik tarmoqlarining 72% (17 yildan ortiq) foydalanish muddatini o‘tab bo‘lgan, ya’ni 1940 km uzatuvchi quvurlar (970 km kanal) almashtirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Toshkent shahri issiqlik ta’minoti tizimini zamonaviy energotejamkor texnologiyalar asosida rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 dekabrdagi “Toshkent shahrining issiqlik ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4542-sonli Qarori imzolangan.

Xususan, qaror bilan 2020-2022 yillarda Toshkent shahri issiqlik ta’minoti tizimi samaradorligining asosiy maqsadli indikatorlari tasdiqlanib, 2023 yilgacha 358,5 km quvurlarni almashtirilishi (qayta yotqizish) ko‘zda tutilgan. Bundan   2021 yilda — 157,3 km quvurlar, 2022 yilda — 201,2 km quvurlar almashtiriladi.  

“Toshissiqquvvati”  DUK tasarrufida 212 ta qozonxona mavjud bo‘lib, ulardan:

● 3 ta yirik issiqlik manbalari (2-IM, Vodnik, Sanoatenergo) ishlamoqda,  issiqlik markazlarida 8ta qozon o‘rnatilgan.

● 209 ta mahalliy qozonxonalar mavjud bo‘lib,  ularda turli xildagi issiqlik ishlab chiqaruvchi qozonlar o‘rnatilgan.

Toshkent shahri bo‘yicha yumumiy yuklama 3373,6 Gkal/soatni tashkil qiladi, (ulardan 67% — turar joy, 22% — ijtimoiy madaniy maishiy ob’ektlar, 11% — shaharning boshqa infratuzilmalari).

Toshkentda aholi issiq uylarda muammosiz yashashi uchun 772,2 mln dollar kerakligi ma’lum qilindi

2020-2021 yillar isitish mavsumiga tayyorgarlik ishlari.

Toshkent shahar hokimining 2020 yil may oyidagi “Toshkent shahar iqtisodiyot tarmoqlari, uy-joy fondi va ijtimoiy soha ob’ektlarini 2020-2021 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash to‘g‘risida”gi 459-sonli qaroriga asosan  “Toshissiqquvvati” DUK bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan. Xususan o‘tgan davr mobaynida:

● qozonxonalardagi 5 ta qozon mukammal ta’mirlandi;

● 642 ta qozon joriy ta’mirdan chiqarildi;

● 60,187  km eskirgan quvurlar almashtirildi (qayta yotqizildi);

● 97,896 km quvurning issiqlik izolyasiyasini qayta tiklandi;

● 69 ta nasos stansiyalari joriy ta’mirlandi;

● 5 ta nasos stansiyalaridagi asosiy uskunalar mukammal ta’mirdan chiqarildi;

● 424,87 km magistral va taqsimlovchi issiqlik tarmoqlari ko‘rikdan o‘tkazildi va mukammal ta’mirlandi.

Shu bilan birga qozonxona uskunalari va tarmoqlarning o‘ta eskirgani hamda 72 foizi foydalanish muddatini o‘tab bo‘lganni sababli tizimda avariya holatlari va nosozliklar bo‘lishini  e’tiborga olgan holda "Toshissiqquvvati"  DUK va uning tuman bo‘limlarida 150 nafardan ortiq ishchi xodimlar tarkibidagi  26 avariya guruhlari tashkil etildi, avariya guruhlarida 330 avtomobil va maxsus texnikalar biriktirildi, tegishli moddiy – texnika bazasi yaratildi. Tarmoqlarda yuzaga kelayotgan avariya holatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish mehanizimi yaratildi. Toshkent shahar bo‘yicha issiqlik ta’minoti tashkilotlari huzurida aholi murojaatlarini qabul qilish bo‘yicha despetcherlik xizmatlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi va tunu-kun navbatchilik tashkil etildi, dispetcherlik  xizmatlarining telefon raqamlari muntazam ravishda ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilinmoqda. Aholi tomonidan kelib tushgan barcha murojaatlar e’tiborsiz qoldirilmaydi.

Bugungi kunda Toshkent shahar aholisini va ijtimoiy soha ob’ektlarini issiqlik energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash, mavjud qozonhonalarni barqaror ishlashi uchun barcha kuch imkoniyatlarimizni safarbar etganmiz, avariyalarni bartaraf etish emas balki oldini olish choralari ko‘rilmoqda.

Ko‘p kvartirali uylardagi xonadonning bir qismini issiqlik ta’minoti tizimidan uzib qo‘yilishi taqiqlanishi hususida.

O‘zbekiston Respublikasining “Issiqlik ta’minoti to‘g‘risida”gi qonuni loyihasini jamoatchilik muhokamasi jarayonida, qonun loyihasining 12-moddasi ikkinchi qismida ko‘zda tutilgan “Kollektiv issiqlik ta’minoti tizimida issiqlik energiyasi iste’molchisi xonaning (xonadonning) bir qismini issiqlik ta’minoti tizimidan uzib qo‘yishga haqli emas” mazmunidagi normaga ayrim iste’molchilar tomonidan e’tirozlar bildirilgan.

Shunga oydinlik kiritish maqsadida quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Ushbu norma amaldagi normativ-huquqiy xujjatlarda xam ko‘zda tutilgan, xususan Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 iyuldagi 194-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘p kvartirali uylarda issiqlik ta’minoti xizmatlari ko‘rsatish Qoidalari”ning 15-bandida “Ko‘p kvartirali uylarning ayrim turar joy va noturar joy xonalarini isitishning ushbu tizimlarini issiqlik jihatidan va gidravlik qayta tartibga solmaslik uchun isitish va issiq suv ta’minotining uy ichidagi tizimidan uzish taqiqlangan”. Shunga qaramasdan kollektiv issiqlik ta’minoti tizimiga ulangan kup kvartirali uylardagi ayrim xonodonlar egalari tomonidan ichki isitish tizimini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish yoki issiqlik ta’minoti tizimidan uzib qo‘yish holatlariga yo‘l qo‘yilmoqda.

Bitta xonodonning ichki isitish tizimi o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish yoki issiqlik ta’minoti tizimidan uzib qo‘yilishi qo‘shni xonalardagi, qolaversa butun ko‘p kvartirali uydagi issiqlik ta’minoti tizimini butunlay ishdan chiqishiga olib keladi, natijada issiqlik ta’minoti korxonalarida ishlab chiqilgan issiqlik energiyasi  xonadonlarga to‘loqonli yetib bormaydi. Bu esa iste’molchilarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Misol uchun, 2019-2020 yillar isitish mavsumidan boshlab bugungi kunga qadar issiqlik ta’minotiga oid vazirlikga yuborilgan 450 ortiq murojaatlarning aksariyatida yuzaga kelgan muammolar aynan alohida bir xonodonning uy ichki isitish tizimlariga o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish kiritish yoki umuman tizimidan uzib qo‘yilishi bilan bog‘liq bo‘lgan.

Bundan tashqari qonun loyihasining 12 moddasiga mazkur huquqiy normani kiritish uchun quyidagi omillar sabab bo‘lgan:

Birinchidan, alohida kvartirani individual isitishga o‘tkazish ko‘p kvartirali uyning issiqlik balansini o‘zgarishiga va ichki isitish gidravlik rejimini buzilishga olib keladi. Shuningdek, tabiiy gaz va boshqa resurslarni iste’molining sezilarli darajada oshishiga olib keladi. Misol uchun, taxlillarga ko‘ra individual isitish tizimidan foydalanishda tabiiy gaz sarfi 1,5 barobarga oshadi.

Ikkinchidan, loyihasiga ko‘ra markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimiga ulangan ko‘p kvartirali uylarning tabiiy gaz, elektr energiya va suv ta’minoti bo‘yicha muxandislik kommunikasiyalari yakka tartibdagi uy ichki isitish qozonlarini o‘rnatish va ishlatilishi uchun talab etilayotgan energiya resurslarini yetkazib berishga mo‘ljallanmagan.

Misol uchun: hududlarda hamda ko‘p kvartirali uylar ichidagi tabiiy gaz tarmoqlari, va yetkazib berilayotgan gaz miqdori va bosimi faqatgina uy xujaligida foydalanadigan gaz plitalarga mo‘ljallangan. Yakka tartibdagi uy ichki isitish qozonlari o‘rnatilgan taqdirda nafaqat uyning ichki tarmoqlarini, balki mavzelardagi gaz tarmoqlarini qayta qurish, uylarga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz miqdorini oshirish hamda qushimcha GTP (gaz taqsimlash punkti) o‘rnatilishini talab etiladi. Aks holda, xonadonlarda ichki isitish qozonlari o‘rnatilgan bo‘lsada nafaqat ularni ishlatishga balki ovqat tayyorlashga ham gaz miqdori yetmay qoladi.

Bundan tashqari, uy ichki isitish qozonlarini ishlatilishi xonodonlarni alohida dudbo‘ronlar bilan jixozlanishini talab etadi. Ko‘p kvartirali uylarni loyihasida dudbo‘ronlar ko‘zda tutilmaganligi sababli, dudbo‘ronlarni binoni tashqi tomoniga chiqarilishiga to‘g‘ri keladi. Buning natijasida, past qavatdagi xonadaonlardan chiquvchi is gazlari yuqori qavatlarda istiqomat qiluvchi aholi salomatligiga xavf tug‘diradi.

Uchinchidan, Markazlashtirilgan isitish tizimiga ulangan ko‘p kvartirali uyning loyihasiga muvofiq umumiy foydalanish maydoni bo‘lgan yerto‘l va yo‘laklar ham ma’lum miqdorda isitilmoqda, bu esa kuz-qish mavsumida yerto‘lalardagi namlik darajasini pasaytirishga xizmat qiladi va uyning poydevorini va tayanch konstruksiyalarini yuqori namlik ta’sirida yemirilib ketishini oldini oladi. Shunga ko‘ra xonodonlarga yakka tartibdagi uy ichki isitish qozonlarini o‘rnatilishida ushbu masalada ham texnik jihatdan yechim ta’minlanishi, ya’ni yerto‘lalarni isitish uchun alohida qozonlarni o‘rnatilishi talab etiladi.

Qayd etish lozimki, buning ehtimoliy oqibatlari yerto‘la yoki boshqa turdagi umumiy maydonlarni isitish uchun o‘rnatilgan qozonlarning yoqilgi va foydalanishdagi sarf xarajatlari uy-joy mulkdorlari zimmasidagi majburiy badallarning ortishiga olib keladi.

To‘rtinchidan, respublikamizning ayrim hududlarida, jumladan Toshkent, Farg‘ona, Marg‘ilon, Angren va Shirin shahrlaridagi markazlashgan issiqlik tizimiga ulangan ko‘p kvartirali uylarning bir qismi Issiqlik elektr markazlarida elektr energiyasi bilan bir qatorda ishlab chiqarilayotgan issiqlik energiyasi hisobidan isitilmoqda. Bu esa xududlardagi mazkur ko‘p kvartirali uylarni isitishda energoresurslarni tejalishiga xizmat qiladi.

Beshinchidan, xonadonlarga individual isitish tizimini o‘rnatilishi ma’lum miqdordagi xarajatlarni talab etadi. Misol uchun uch xonali kvartiraga yakka tartibdagi uy ichki isitish qozonni o‘rnatish taxminan 12-16 mln. so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanadi, shuningdek har yili servis xizmatiga xam muayyan xarajatlar talab etiladi. Ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi aholiga ushbu xarajatlarni amalga oshirishi moliyaviy qiynchiliklarga olib keladi ayniqsa kam ta’minlangan oylalar bunday imkoniyatga ega emas.

Bundan tashqari, SHNK 1.04.05-06 «Ko‘p xonadonli uylarda xonalarni rekonstruksiya qilish, o‘zgartirish va kayta uskunalash buyicha binolar xavfsizligini ta’minlash tartibi» shaharsozlik norma va qoidalarining 16-bandiga muvofiq individual qo‘lda tayyorlangan, gazda ishlaydigan isitish qozonlarini va issik suv uskunalarini o‘rnatishni taqiqlash kabi normalar mavjud. https://aoka.uz/article/f8b7oafeql06-toshkent-sharida-issilik-taminoti-tizimini-riwozhlantirishga-7722-mln-dollar-kerakligi-malum-ilindi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Gvardiola: «Iltimos, uni maqtashni to‘xtating»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Хосеп Гвардиола Райан Шеркини Премьер-лиганинг мавсумдаги энг яхши футболчиси совринига номзод сифатида қараш керакми-йўқми, деган саволга жавоб берди.

O‘zbekistonlik ikki futbolchi Portugaliya klubiga yo‘l olmoqda

Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси футболчилари Садриддин Хасанов ва Сайфиддин Содиқов Португалиянинг "Брага" клубига ўтиши мумкин.

Hakam: Husanovga qizil kartochka ko‘rsatish kerak edi!

Англия Премьер-лигасининг 33-турида “Манчестер Сити” футболчилари мусобақа пешқадами “Арсенал”ни 2:1 ҳисобида мағлубиятга учратиб, яна чемпионлик курашига қайтди.

Tehron Eron kemasini qo‘lga olganidan keyin AQSh harbiy kemalariga hujum qildi

Бу ҳақда Tasnim ахборот агентлиги хабар бермоқда.

Koreyada vafot etgan o‘zbekistonlik qiz haqida rasmiy bayonot berildi

Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.

"Real" Chempionlar ligasida ikkinchi bor g‘olib bo‘ldi

Мадриднинг "Реал" клуби Ёшлар ўртасидаги УЕФА Чемпионлар лигасида иккинчи бор ғолибликни қўлга киритди.

Maydagi "el-klasiko"ning boshlanish vaqti ma’lum bo‘ldi

Испания Ла Лигаси 35-тури доирасида "Барселона" "Реал"ни ўз майдонида қабул қилади.

Eron Isroil bilan aloqa qilganligi uchun yuqori lavozimli amaldorni qatl qildi

Бу ҳақда Эроннинг расмий суд портали хабар бермоқда.

Zo'r TV bugun «Barselona» va «Manchester Siti» ishtirokidagi o‘yinlarni jonli translyasiya qiladi

Zo'r TV телеканали бугун — 2026 йил 25-апрель, шанба куни қуйидаги кўрсатув ва трансляцияларни эфирга узатишни режалаштирган.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Peres “Real”dan ketadigan sakkiz futbolchini aniq ko‘rsatdi. Ro‘yxat yana kengayishi mumkin

Мадриднинг “Реал” клуби президенти Флорентино Перес жорий мавсум тугагач, жамоани тузилмавий янгилашни режалаштирмоқда.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Isroil shaharlarida ommaviy namoyishlar: Xalq Netanyaxu siyosatiga qarshi chiqmoqda

Исроилнинг бир қатор шаҳарларида ҳукуматга қарши норозилик намойишлари бўлиб ўтмоқда, деб хабар бермоқда Haaretz нашри.

"Sizlarda uyat yo‘q!" "Real" muxlislari "Betis" bilan o‘yindan so‘ng futbolchilardan norozilik bildirishdi

Бу ҳақида El Chiringito хабар бермоқда.

Donald Trampga suiqasd uyushtirildi (video)

Бу ҳақда C-SPAN хабар бермоқда.

Makronga Rossiya va AQSh haqidagi bayonotlaridan so‘ng keskin e’tiroz bildirildi — ekspert tanqid qildi

Унинг фикрича, агар Макрон йирик давлатлар — Россия ва АҚШ етакчилари уни ёмон кўради деб ўйласа, у ўз позицияси ва сиёсий ёндашувини қайта кўриб чиқиши керак.

Malidagi harbiy bazalarga qurolli hujumlar uyushtirildi

​Кузатувчилар буни сўнгги йиллардаги энг йирик ва мувофиқлаштирилган амалиёт сифатида баҳоламоқда

Andijonda hajga yuborish evaziga 18 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

Фуқаро ҳаж зиёрати учун Саудия Арабистонига юборишини айтиб, келишилган пулдан 9 000 АҚШ долларини олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланган.

Tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVV mansabdoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Мансабдор шахс ноқонуний ҳаракатларини давом эттириб, масъулияти чекланган жамият раҳбаридан қолган 39 минг АҚШ долларини ҳам беришини сўраган.

Samarqandda ikki nafar qiz vasiysi tomonidan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlikka uchradi

Болаларга етказилган тан жароҳати даражасини аниқлаш юзасидан суд-тиббиёт экспертиза тайинланган.

Isroil zarbalari: Livanda qariyb 2,5 ming kishi halok bo‘ldi

Маълум қилинишича, ҳужумлар оқибатида тинч аҳоли орасида қурбонлар сони юқори бўлиб қолмоқда.

Livanda ko‘chirilgan ayollar uylariga qaytmoqda: “Hamma joyda vayronagarchilikni ko‘rdim”

2026 йил март ойида Ливандаги можаро кучайиши ортидан 1 миллиондан ортиқ одам ўз уйини тарк этди. Улардан тахминан 620 мингини аёллар ва қизлар ташкил этди.

AQShda o‘lim jazosi tiklandi. Endi mahkumlar otib o‘ldirilishi ham mumkin

Вазирлик энг оғир жиноятларни жиловлаш учун ушбу жазо туридан фаолроқ фойдаланишини билдирди.

Yaponiyaning Ivate prefekturasida o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda

Ёнғин Оцути шаҳридаги аҳоли пунктларига яқинлашгани сабабли 1500 дан ортиқ хонадон ва 3233 нафар фуқарога эвакуация қилиш тўғрисида буйруқ берилди.

Surxondaryodagi suv havzalaridan biri neftga o‘xshash modda bilan ifloslandi

Айтилишича, сел оқими нефть сақланган сунъий омборга зарар етказган бўлиши эҳтимолдан холи эмас.

Chirchiqda bezorilik bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi

Маълум қилинишича, ДХХ ва ИИВ органлари томонидан уюшган жиноятчиликка қарши курашиш йўналишида тезкор-қидирув тадбири ўтказилган.

Isroil: Eron rahbariyatiga qarshi harakatlar uchun tayyorgarlik bor

Исроилнинг Исроил Кац баёнотига кўра, агар АҚШ томонидан рухсат берилса, Исроил Эрон раҳбариятига қарши кескин чоралар кўришга тайёр.

Fransiya va Polsha harbiy mashqlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda

Франция ва Польша Болтиқ денгизи ҳудудида қўшма ҳарбий машқлар ўтказиш имкониятини муҳокама қилмоқда.

Buxoroda 18 yoshli ayol 3 kunlik chaqalog‘ini $4 mingga sotmoqchi bo‘ldi

Хабарга кўра, 2008 йилда туғилган, Бухоро туманида яшовчи фуқаро ҳали уч кунлик бўлмаган қиз фарзандини ғаразли мақсадда сотишга уринган.

Shavkat Mirziyoyev Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi prezidenti etib saylandi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 22 апрель куни Оролни қутқариш халқаро жамғармаси (ОҚХЖ) таъсисчи давлатлари раҳбарлари кенгашининг навбатдаги йиғилишида иштирок этди.

RES 2026: bioxilma-xillikni asrashga qaratilgan mintaqaviy deklarasiya imzolandi

Остона шаҳрида ўтказилаётган Минтақавий экологик саммит доирасида биоxилма-хилликни асраш соҳасида ҳамжиҳатлик ва қўшма ҳаракатларни кучайтиришга қаратилган Марказий Осиё ташаббусини ишга туширишга бағишланган “Минтақавий барқарорлик учун табиат билан уйғунлик” мавзусидаги юқори даражадаги сессия бўлиб ўтди. Ушбу тадбир минтақа давлатларининг табиатни муҳофаза қилиш идоралари, халқаро ташкилотлар ва ҳамкорларни бирлаштириб, Марказий Осиёнинг ноёб табиий меросини асраш бўйича келишилган ёндашувларни ишлаб чиқиш учун муҳим платформага айланди.

Telegram messenjeri orqali sodir etilayotgan narkojinoyatlarni aniqlash va fosh etish metodikasi

Ushbu maqolada axborot texnologiyalari rivojlangan davrda Telegram messenjeri orqali amalga oshirilayotgan narkotrafikning zamonaviy usullari va ularga qarshi kurashishning dolzarb masalalari tadqiq etiladi. Maqolaning asosiy maqsadi — kiberfazoda anonimlikni saqlashga urinayotgan jinoiy guruhlarni aniqlashda qo‘llaniladigan raqamli kriminalistika (Digital Forensics) va ochiq manbalardan razvedka qilish (OSINT) metodlarini tahlil qilishdan iborat. Shuningdek, maqolada "zakladka" tizimi, kriptovalyuta orqali hisob-kitoblar va sun’iy intellekt yordamida shubhali botlarni filtrlash imkoniyatlari batafsil yoritilgan.

Ostona sammiti: Shavkat Mirziyoyev qanday takliflarni ilgari surdi?

Қозоғистон пойтахти Остона шаҳрида Минтақавий экологик саммит — “RES 2026” ўз ишини бошлади (22–24 апрель). Ушбу форум давлатлар раҳбарлари, халқаро ташкилотлар, молиявий институтлар ва экспертлар ҳамжамиятини бирлаштириб, Марказий Осиёдаги экологик ҳамда иқлим муаммоларига ечим топиш учун энг йирик платформага айланди.

Lolaqizg‘aldoqni "peshonasidan o‘paman" deb payxon qilgan "qo‘shiqchi" opa jarimaga tortildi

Шунингдек, лолаларга шикаст етказган бошқа ҳуқуқбузарларга ҳам қатъий чоралар кўрилмоқда

Shavkat Mirziyoyev xorijiy delegasiyalar rahbarlari bilan birga O‘zbekiston pavilyonini ko‘zdan kechirdi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Қозоғистонга амалий ташрифи дастури доирасида 22 апрель куни Марказий Осиё мамлакатлари, Мўғулистон, Озарбайжон, Грузия ва Арманистон делегациялари раҳбарлари билан биргаликда Остона шаҳридаги “EXPO” халқаро кўргазмалар марказида ташкил этилган Минтақавий экологик саммит кўргазмасидаги миллий павильонларни бориб кўрди.

“Mossad” xodimi Eronga qarshi operasiyalar vaqtida Isroil tashqarisida o‘ldirildi

Исроил ташқи разведка хизмати — Моссад раҳбари Давид Барнеа Эронга қарши операциялар давомида хизмат ходимларидан бири Исроилдан ташқарида ҳалок бўлганини маълум қилди.