Toshkentda 73 yoshli professorni o‘z uyida o‘ldirib ketishdi. Gumondor ushlangan

Toshkentda 73 yoshli professorni o‘z uyida o‘ldirib ketishdi. Gumondor ushlangan

73 yoshli sosiolog olimning tanasi turli qismida kesilgan tan jarohatlari bilan topildi.

Bosh prokuraturaning UzNews.uz'ga xabar qilishicha, hodisa 2024 yil 18 iyul kuni Qora-Qamish 2/5-dahasi Muxbir ko‘chasidagi xonadonda sodir bo‘lgan.

Shu kuni soat 22:00 larda Olmazor tumani IIO FMB navbatchilik qismining “102” telefon raqamiga mazkur xonadonda shovqin ovozi eshitilayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabar bo‘yicha tezkor-tergov guruhi voqea joyiga yetib kelib, xonadon eshigini ochishganda ushbu xonadonning balkon qismida fuqaro 1951 yilda tug‘ilgan Q.A. Ganiyevich tanasining turli qismida kesilgan tan jarohatlari bilan vafot etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Olmazor tuman prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi shaxs prosessual tartibda ushlangan. Jinoyat sabablari aniqlanmokda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!