Toshkentda 540 ming dollarlik mojaro: tergov davom etmoqda

Toshkentda 540 ming dollarlik mojaro: tergov davom etmoqda

Joriy yilning 14 mart kuni Toshkent shahrining Chilonzor tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, Yunusobod tumanida yashovchi K.A. va Shayxontohur tumanida yashovchi T.J.lar fuqaro M.R.ga Chilonzor tumanidagi Flamingo restorani oldidagi bo‘sh yer maydoniga egalik huquqini beruvchi qarorni chiqartirib berishni va’da qilib, 2017 yil sentyabr oyidan 2018 yil noyabr oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida undan 540 000 AQSh dollarini olib, bergan va’dasini bajarmay, pullarni ham qaytarib bermaganlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, K.A. va T.J.lar qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!