Toshkentda 25 yoshli yigit 31 yashar ayolni behayo suratlari bilan qo‘rqitdi

Toshkentda 25 yoshli yigit 31 yashar ayolni behayo suratlari bilan qo‘rqitdi

Toshkent shahri. 2021 yilning 19 may kuni soat 19:00larda 25 yoshli A.Ataboy 31 yoshli X.Gulruxni turli xildagi behayo suratlarini internet ijtimoiy tarmoqlariga qo‘yib obro‘sizlantirib, sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, Chilonzor tumani Beshqo‘rg‘on mahallasida joylashgan avtoturargohda 1.000.000 so‘m pullarni tovlamachilik yo‘li bilan olib, hodisa joyidan yashirinayotgan vaqtida JQB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, 2020 yilning aprel oyidan 2021 yilning may oyiga qadar A.Ataboy X.Gulruxni suratlarini internet ijtimoiy tarmoqlariga qo‘yish bilan qo‘rqitib tovlamachilik yo‘li bilan narxi 80.000.000 so‘mlik «Lacetti» rusumli avtulovini ishonchnoma asosida olganligi bundan tashqari jami 14.000.000 so‘mlik 40 grammli tilla taqinchoqlari, 42.000.000 so‘m va 600 AQSh dollar pullarini tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib kelganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” bandi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!