Toshkentda 2-xalqaro investisiya forumi bo‘lib o‘tadi

Toshkentda 2-xalqaro investisiya forumi bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 27-28 aprel kunlari Congress Hall Tashkent City’da 2-Toshkent xalqaro investisiya forumi bo‘lib o‘tadi.

Birinchi Toshkent xalqaro investisiya forumi dunyoning 56 mamlakatidan 2000 dan ortiq ishtirokchilar - yirik investorlar va yuqori martabali mehmonlarni birlashtirgan yirik xalqaro tadbirga aylangandi.

Toshkent xalqaro investisiya forumi-2023 qatnashchilarining soni oshishi kutilmoqda, uning davomida O‘zbekiston va Markaziy Osiyo investisiyaviy salohiyatini atroflicha ochib berishga qaratilgan yalpi majlis, ekspertlarning 30 dan ortiq qizg‘in bahs-munozaralari, yalpi munozaralari, davra suhbatlari va B2B muzokaralari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tadbirda ishtirok etish uchun www.iift.uz saytida 2023 yil 20 aprelgacha onlayn ro‘yxatdan o‘tish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!