Toshkent zamonaviy turizm va biznes markaziga aylanadi

Toshkent zamonaviy turizm va biznes markaziga aylanadi

Bu loyihani amalga oshirish uchun tanlab olingan hudud dengiz sathidan 500 metr baland bo‘lib, shaharga yaqinligi, o‘z iqlimi, bahavoligi va ikki daryo o‘rtasida joylashgani bilan noyob hisoblanadi.

Hozirgi Toshkent 43 ming gektar xududni egallaydi. "Yangi Toshkent" loyihasi doirasida qo‘shimcha 20 ming gektarda 1 million aholi yashashi uchun qulay sharoit yaratiladi va shunga mos infratuzilma bilan ta’minlanadi.

Xususan, birinchi bosqichda 60 ming aholiga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uylar, 30 ta maktab, 20 ta bolalar bog‘chasi, ko‘p tarmoqli shifoxona va 5 ta oilaviy poliklinika barpo etiladi.

Yangi O‘zbekiston universiteti, Milliy kutubxonaning yangi binolari, teatr, ijod maktablari, savdo va servis markazlari ham shu yerda joylashadi.

Bosqichma-bosqich davlat idoralari ham Yangi Toshkentga ko‘chib boradi.

Ularning hozirgi binolari o‘rnida mehmonxonalar, xizmat ko‘rsatish va savdo ob’ektlari ochilib, Toshkent zamonaviy turizm va biznes markaziga aylanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!