Toshkent viloyatiga 1300 dan ortiq avtobus olib kelinadi

Toshkent viloyatiga 1300 dan ortiq avtobus olib kelinadi

Toshkent viloyatiga 2023-2026 yillarda 1340 ta avtobus olib kelib, foydalanishga topshiriladi. Bu bilan 2026 yilda aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini 55 foizga yetkazish rejalashtirilgan, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dastlab Nurafshon, Chirchiq, Olmaliq, Angren shaharlarida transport tizimidagi yo‘nalishlar maqbullashtiriladi. Viloyatning shahar va tuman markazlaridan Toshkent shahriga yo‘nalishlar ochiladi. Unda ekspress avtobuslar xizmat ko‘rsatadi.

Nurafshon, Chirchiq, Olmaliq, Ohangaron, Angren, Bekobod va Yangiyo‘l shaharlari bo‘yicha yangi avtobus yo‘nalishlari ishlab chiqiladi. Xabar berilishicha, yo‘lkira borasida ham bir qancha qulayliklar yaratiladi, ya’ni vaqtga bog‘langan soatlik, kunlik, uch, olti oylik va yillik limitsiz tariflar rejasi ko‘rib chiqiladi.

129 ta bekatlarni taksi to‘xtash joylari, yo‘lovchilarga to‘siqsiz harakatlanish imkoniyatlarini hisobga olgan holda rekonstruksiya qilish ishlari, “Nurafshon-Qo‘yliq 7- metro bekat” (ekspress) avtobus yo‘nalishi bo‘yicha yo‘nalish pasportlari ishlab chiqiladi.

Shuningdek, Toshkent shahrining Mashinasozlar, O‘zbekiston mehmonxonasi bekatlaridan Amirsoy, Bildirsoy, Chimyon dam olish maskanlariga sayyohlar uchun mikroavtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Hamda Xo‘jakent temir yo‘l bekatidan Amirsoy-Bildirsoy-Chimyon-Yusufxona-Xo‘jakent yo‘nalishi bo‘yicha mikroavtobus qatnovi ham ishga tushiriladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent viloyatida bir kunda o‘rtacha 140 ming kishi jamoat transportidan foydalanadi. Bu bir oyda o‘rtacha 4 mln 200 ming nafar yo‘lovchiga teng. 13 ming 375 ta transport (avtobus, mikroavtobus, “Damas”, yengil avtomashina)lar 483 ta yo‘nalishda viloyat aholisiga xizmat ko‘rsatadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!