Toshkent viloyatida yuk mashinasi 7 ta mashina bilan to‘qnashib ketdi

Toshkent viloyatida yuk mashinasi 7 ta mashina bilan to‘qnashib ketdi

Toshkent viloyati Parkent tumanida 17 iyul kuni andijonlik fuqaro boshqaruvidagi yuk mashinasi 7 ta mashina bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, holat 17 iyul kuni 15:00 larda Kumushkon–Parkent avtomobil yo‘lining 5-kilometrida sodir bo‘lgan. 1990 yilda tug‘ilgan Andijon viloyatida yashovchi fuqaro «Andijon special ecotrans» MCHJga tegishli bo‘lgan «Howo» rusumli mashinasini boshqarib kelayotib, tormozdagi nosozlik tufayli rul boshqaruvini yo‘qotgan va o‘z yo‘nalishi hamda qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan 7 ta turli turdagi mashina bilan to‘qnashgan.

Qayd etilishicha, to‘qnashuvdan 4 kilometrdan so‘ng haydovchi mashinani to‘xtatishga erishgan. YTH oqibatida «Jiguli» haydovchisi va uning 3 nafar yo‘lovchisi turli darajadagi tan jarohatlari olib, Parkent tumani tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!