Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev Nurafshon shahar hududida «Yangi O‘zbekiston bog‘i» qurilishi uchun yer maydoni ajratish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Unga ko‘ra, Toshkent viloyati Nurafshon shahar «Yangiobod» MFY «Nurafshon biznes city» hududidagi 22,28 gektar yer maydoni «Yangi O‘zbekiston bog‘i» qurilishi uchun bosh rejaga asosan Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi «Biznes markazlarni qurish direksiyasi» davlat unitar korxonasiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladi.
Buyurtmachi Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi «Biznes markazlarni qurish direksiyasi» DUKga
Davlat xizmatlari markazi orqali arxitektura rejalashtirish topshirig‘i ishlab chiqish uchun buyurtmalar beradi hamda loyiha-smeta hujjatlari tayyorlash uchun lisenziyaga ega loyiha tashkiloti bilan o‘rnatilgan tartibda shartnoma tuzadi;
loyihalash uchun yer osti muhandislik inshootlarining ijro surati tushirilgan 1:500 nisbatdagi topografik xarita va geologik xulosa ishlab chiqish uchun lisenziyaga ega korxonasiga buyurtma beradi;
Davlat arxitektura va qurilish nazorati inspeksiyasiga xabarnoma yuboradi.
Shuningdek, unga mazkur hududda joylashgan muxandislik tarmoqlarini ko‘chirish yoki muhofaza hududini saqlab qolish ishlari o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi inobatga olish vazifalari yuklatilgan.
Qaror bilan viloyat qurilish bosh boshqarmasiga qurilish loyiha hujjatarini belgilangan tartibda rasmiylashtirilishiga amaliy yordam berish vazifasi yuklatilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Евроосиёни велосипедда энг тез кесиб ўтиш бўйича жаҳон рекордини янгилашга уринган франциялик Софиан Сеҳили Владивостокда ҳибсга олинди. Бу ҳақда ўз манбаларига асосланиб Le Monde хабар берди.
АҚШ ва Хитой ўртасидаги “технологик уруш” даврида Хитойнинг Tencent ва Deep Robotics каби компаниялари сунъий интеллект ва робототехника технологиялари билан америкалик рақобатчиларга яқинлашмоқда.
Африка Касалликларни назорат қилиш ва олдини олиш марказлари (Африка CDC) маймунчечак (mpox) вирусини Африка қитъасида соғлиқни сақлаш учун фавқулодда ҳолат деб эълон қилди.
Ҳолат юзасидан, Узун тумани ИИБ ҳузуридаги Тергов гуруҳи томонидан Ўзбекистон Республикаси ЖКнинг 126 прим 1-моддаси 7-қисми “а”, “е” бандлари билан жиноят иши қўзғатилиб, гумонланувчи Ш.А. процессуал тартибда қамоққа олинган, шунингдек ишга алоқадор бўлган хонадонда яшовчи бошқа фуқаролар ҳам терговга жалб қилиниб, бир нафарига нисбатан “Қидирув” эълон қилинган.