Toshkent viloyatida uyini isitmoqchi bo‘lgan er-xotin zaharlanib vafot etdi

Toshkent viloyatida uyini isitmoqchi bo‘lgan er-xotin zaharlanib vafot etdi

2023 yil 12 yanvar kuni Chirchiq shahar, Ma’rifat MFY, “Veterok” bog‘dorchilik-uzumchilik shirkati 47-dala hovlisida yashagan 1953 yilda tug‘ilgan A.Shakurov va turmush o‘rtog‘i 1963 yilda tug‘ilgan X.Shakurova uyini isitish maqsadida chala yongan ko‘mirni yotoqxonasiga olib kirishganligi natijasida ko‘mirdan chiqqan is gazidan zaxarlanish natijasida dala xovlida vafot etishgan.

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Xayot Shamsutdinov xabar berdi.

Hozirda shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!